Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Arteta: "Premyer-ligada butunlay boshqacha o‘yin bo‘ladi"

Arteta: "Premyer-ligada butunlay boshqacha o‘yin bo‘ladi"

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya kubogi 1/16 finalida "Manchester Siti"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘ylaymanki, Premyer-ligada har ikki tomon uchun ham butunlay boshqacha o‘yin bo‘ladi, ehtimol boshqa tarkib bilan. Bu yerda kurashib, g‘alaba qozonishga harakat qildik. Biz o‘yinga g‘alaba qozonish uchun kelgandik, afsuski, muvaffaqiyatga erisha olmadik.

Umid qilamanki, keyingi o‘yin boshqacha bo‘ladi. Menda ham xuddi Gvardiola kabi o‘ylash va bu o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘p vaqt bor. Biz o‘yinni tahlil qilamiz va o‘zimiz uchun eng yaxshisini qilishga harakat qilamiz: har doimgidek muammolarimizni yo‘qotib, ularni raqib uchun yaratamiz", - deya Artetaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan "Arsenal" rasmiy sayti.

Kiritildi: 15:23, 28.01.2023.
O'qildi: 1378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик