Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

"Nyukasl" mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlamoqchi. Bu uchun esa jamoaga to‘rtta yangi futbolchi kerak bo‘ladi

"Nyukasl" mavsumni kuchli to‘rtlikda yakunlamoqchi. Bu uchun esa jamoaga to‘rtta yangi futbolchi kerak bo‘ladi

Baho:
+ | -

Dunyoning eng boy jamoalarining biri bo‘lgan "Nyukasl Yunayted" yanvarning so‘ngiga qadar o‘z nishonlarini ishg‘ol etishga harakat qilmoqda. Eddi Xau jamoasi yanvar mobaynida sokinlikni saqlab keldi. Klub rahbariyati kerakli futbolchini munosib narxda sotib olishni maqsad qilgan. Shu sababli, haligacha yangilik qilmadi. Ammo klub kuchli to‘rtlikka kirishni istasa, u holda tarkibni yanada optimallashtirishi lozim. Quyida "qarg‘alar" qolgan uch kun davomida kimlarni sotib olishi haqida gaplashamiz.

Ko‘zlangan futbolchilar ichida eng qimmati sifatida "Everton" vingeri Entoni Gordon ta’kidlangan. 21 yoshli ingliz futbolchisi "Nyukasl"ga 40 million funtga tushishi aytilgan. Ammo "Everton"da Gordonni sotish niyati yo‘q. Chunki liverpulliklar uni 60 millionga arziydi deb hisoblashadi.
Agarda hujumchi "Nyukasl"ga yo‘l olsa, u holda Gordon chap qanotda, Sent-Maksimen bilan raqobatga kirishadi. Gordonga yarim himoyada yana bir yangi nom yordam beradi.

Italiyaning "Roma" klubi yulduzi Nikolo Zanyolo "Nyukasl"ning yana bir transfer nishoni hisoblanadi. 23 yoshli italiyalik avval-boshda "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin edi. Ammo o‘rtaga "Nyukasl" suqulib, Zanyolo uchun 31 million funt taklif qildi. Taklif rad etildi. Ammo "Nyukasl"ning istagi so‘nmadi. "Roma" esa yarim himoyachi uchun 35 million funt atrofidagi taklifni kutmoqda. Zanyolo APLga o‘tib, "Nyukasl" yarim himoyasidagi kamchiliklarga da’vo bo‘la oladi. Shuningdek, tayanch zonasiga "MYU" futbolchisi Skott Maktomineyni olish rejalashtirilgan.

Hujumni kuchaytirish uchun ishlar yakuniga yetmaydi. Qayd etilishicha, "Chelsi" vingeri Xakim Ziyesh ham 1 fevralga qadar Nyukasl shahriga olib kelinishi mumkin. 29 yoshli Marokash terma jamoasi a’zosi uchun taklif etilgan summaning hajmi ma’lum qilinmagan. Shuningdek, "Chelsi"ning boshqa futbolchilari bo‘lgan Konor Gallaxer hamda Ruben Loftus-CHiklar ham jiddiy kuzatuvda turibdi. Eslatib o‘tamiz, ayni damda "Nyukasl" 39 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalining 3 o‘rinidan joy olgan. "Qarg‘alar" o‘zining keyingi bahsini "Vest Xem"ga qarshi o‘tkazishadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:49, 28.01.2023.
O'qildi: 2478 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.