Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Ronalduning opasi Katya Aveyru Portugaliyaning O‘zbekiston ustidan qozonilgan yirik g‘alabasidan tanqidchilarga murojaat qildi

Ronalduning opasi Katya Aveyru Portugaliyaning O‘zbekiston ustidan qozonilgan yirik g‘alabasidan tanqidchilarga murojaat qildi

Baho:
+2 | -

Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru Portugaliya terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi 5:0 hisobidagi g‘alabasidan keyin ijtimoiy tarmoqda post qoldirib, ukasining atrofidagi tanqidlarga munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli hujumchi mazkur uchrashuvda dubl qayd etdi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Katya Aveyru o‘z postida Ronalduga nisbatan aytilgan tanqidlarni adolatsiz deb atab, uning futboldagi karyerasi va inson sifatidagi fazilatlarini himoya qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi haftalarda Ronaldu haqida keskin tanqidlar kuchaygan va uning faoliyatini kamsitishga uringanlar bo‘lgan.

— Ular uning karyerasini, mehnati va intizomi bilan qurilgan hayotini unutishga harakat qilishdi. U futbol, Portugaliya va butun dunyo uchun qilgan ishlarini bir zumda yo‘q qilishni istashdi, — deydi u.

Aveyruning ta’kidlashicha, Ronaldu doimiy bosim ostida ham o‘z mehnati bilan javob qaytarib kelgan va uning faoliyati tasodif emas, balki mehnat va iroda natijasi hisoblanadi.

— Bu Krishtianu Ronaldu. U doimo javobni maydonda beradi. U hech qachon taslim bo‘lmaydi. U doimo mehnat bilan javob qaytaradi, — deydi u.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:22, 24.06.2026.
O'qildi: 27499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик