Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

Xavi: "Uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan qoniqdim, lekin o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak"

Xavi: "Uch ochkoni qo‘lga kiritganimizdan qoniqdim, lekin o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak"

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi La Liganing 19-turidan o‘rin olgan "Jirona"ga (1:0) qarshi o‘yinni sarhisob qildi.

"Biz yaxshilanishimiz kerak, hujumda ko‘proq natijaga erishishimiz kerak.

Bugun "Jirona" biroz boshqacha o‘ynadi. Biz to‘pga ega bo‘ldik va yuqori bosim bilan ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo raqib uslubni o‘zgartirishi bilan bizni hayratda qoldirdi.

Biz eng yaxshi formada emas edik. Uch ochko qo‘lga kiritganimizdan qoniqish hosil qildim.

Bizga vaziyatlar yaratish qiyin bo‘ldi. Ba’zan ssenariydan chetga chiqish kerak.

Dembele jarohat olgan va bu juda achinarli, chunki u muhim futbolchi. U nimanidir his qildi, shuning uchun jarohat borligi aniq. U suyagining qandaydir shikastlanganini payqadi", - dedi Xavi.

Kiritildi: 23:19, 28.01.2023.
O'qildi: 1044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.