Pedri endigina 20 yoshda va u allaqachon "Barselona" safida 100 ta o‘yin o‘tkazdi. Kecha iqtidorli yarim himoyachi "Jirona"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Usmon Dembeleni o‘rniga maydonga tushdi. Yakunda aynan Pedri gol urdi va kataloniyaliklarga 1:0 hisobida g‘alaba keltirdi.
O‘yindan keyin "Barselona" bosh murabbiyi Xavi Pedri haqida fikr bildirdi.
"Pedri dunyoni o‘zgartirmoqda. U chiziqlar orasiga qaraydi va erkin zonalarga hujum qiladi. Bunga gollarni ham qo‘shing va biz 20 yoshli dunyoning eng yaxshi yarim himoyachilaridan biri haqida gapiryapmiz", - dedi Xavi Goal nashriga.
"Barselona"ning La Ligadagi navbatdagi raqibi "Betis" bo‘ladi.