Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna

Yakunini kutayotgan 7 transfer

Yakunini kutayotgan 7 transfer

Baho:
+ | -

31 yanvar kuni Yevropaning kuchli yettilik chempionatlarida qishki transfer oynasi yopiladi. Bozorda deyarli yuqori darajadagi bitimlar bo‘lmadi, ammo oxirgi kunlar va soatlarda ko‘p narsa o‘zgarishi mumkin. Mana, amalga oshishi kutilayotgan 7 transferni e’tiboringgizga havola qilamiz. Ular qatorida yurtdoshimiz ham bor.

Moises Kaysedo, yarim himoyachi, "Brayton" → "Arsenal"

Transfer narxi: 38 million yevro

Ekvadorlik futbolchi "Arsenal"ga o‘tmoqchi. 21 yoshli yarim himoyachi "Liverpul" bilan kubok bahsi oldidan "Brayton" mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi va londonliklardan yaxshilangan taklifni kutmoqda. “Kaysedo mashg‘ulotlarga kelmadi u darhol ketmoqchi. 60 million funt e’lon qilinganidan keyin "Arsenal" o‘z taklifini yaxshilashi kutilmoqda."Chelsi" 55 million funt taklif qilgan, ammo rad etilgan", - deb yozadi insayder Fabrisio Romano. Futbolchining o‘zi klubni tark etish istagini bildirgan bayonotni ham e’lon qilib ulgurgan.

Milan Shkrinyar, himoyachi, “Inter” → “PSJ”

Transfer narxi: 60 million yevro

Slovakiyalikning "Inter" bilan shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi va "PSJ" himoyachi bilan hoziroq shartnoma imzolamoqchi. Sky Sport Germany jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, parijliklar zudlik bilan transfer uchun 15 million yevro taklif qilmoqchi. Shkrinyarning o‘zi "PSJ"ga o‘tishga rozi bo‘lgan, u bilan og‘zaki kelishuvga erishilgan. Fransiya klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi “Inter”ning asosiy himoyachisi transferi bo‘yicha muzokaralar jarayonini shaxsan o‘zi nazorat qilmoqda. Parijliklar besh yarim yil ichida Italiyada chempion bo‘lgan, mamlakat kubogi va ikki marta Superkubokni qo‘lga kiritgan Milanning transferidan katta mablag‘ tejamoqchi.

Malkom, hujumchi, “Zenit” → “PSJ”

Transfer narxi: 24 mln yevro

Braziliyalik futbolchi yana Lionel Messi bilan uchrashishi mumkin. Fransiyaning L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, “PSJ” Malkomni sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olmoqchi. Manbaga ko‘ra, fransuz klubi sport direktori Luis Kampos "Lion" bilan Rayan Cherkining transferi bo‘yicha muzokaralar bilan parallel ravishda hujumchi shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Parijliklar “Zenit”ga taklif ustida ishlamoqda. Braziliyalik futbolchi “Zenit” safida 98 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ueston Makkenni, yarim himoyachi, "Yuventus" → "Lids"

Transfer narxi: 21 million yevro

"Lids" amerikalikni 25 million yevroga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi, deb yozadi jurnalist Nikolo Shkira. Mish-mishlarga qaramasdan, "Yuventus" 24 yoshli futbolchini bonuslar bilan 30 million yevroga sotib olish taklifini olmagan. "Lids" Uestonga 2027 yilgacha bo‘lgan shartnoma taklif qildi, bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 3,7 million yevro maosh. Yarim himoyachi ingliz klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bir yarim yil ichida Makkenni “Yuventus” safida 96 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning italyan grandi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eldor Shomurodov, hujumchi, “Roma” → “Spesiya”

Transfer narxi: 7 million yevro

Joriy mavsumda "Bunyodkor"ning sobiq hujumchisi deyarli o‘ynamadi: 151 daqiqa va barcha turnirlarda sakkizta o‘yinda bitta gol. Nikolo Shkiraning fikricha, endi Shomurodovning “Spesiya”ga o‘tishi yakuniy bosqichda. Hujumchiga “Torino”, “Lill”, “Bayer” klublari ham qiziqish bildirishgan, biroq u “Roma”ga o‘tgunga qadar “Jenoa”da o‘ynagan Italiyada qoladiganga o‘xshaydi. O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi ilk mavsumidayoq 31 ta o‘yinda 8 ta gol urdi va bu Rim klubi e’tiborini tortgan edi.

Enso Fernandes, yarim himoyachi, “Benfika” → “Chelsi”

Transfer narxi: 55 mln yevro

Argentinalik bu qishda eng ko‘p muhokama qilinadigan o‘yinchilaridan biri bo‘ldi. "Chelsi" Fernandes tranferida ishlashda davom etmoqda va so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilgi jahon chempioni evaziga "Benfika"ga 100 million yevro va Hakim Ziyeshni taklif qiladi. CBS Sports jurnalisti Ben Jeykobsning xabar berishicha, londonliklar talab qilingan pulni to‘lamoqchi emas.

Hakim Ziyesh, yarim himoyachi, “Chelsi” → “Benfika”/”Barselona”/”Milan”

Transfer narxi: 20 million yevro

"Chelsi" marokashlikdan qutulishga harakat qilmoqda. Britaniyaliklar Hakim Ziyeshni nafaqat "Benfika" bilan, balki "Barselona" bilan ham kelishuvga qo‘shishga harakat qilmoqda (Frank Kessiye evaziga). Qolaversa, “Milan” futbolchiga ko‘z tikkan, ammo uning yiliga 6,5 million yevro miqdoridagi yuqori maoshi joriy mavsum oxirigacha transferga, jumladan, ijaraga ham to‘sqinlik qilishi mumkin. Biroq, "Chelsi" marokashlik bilan "Roma" Nikolo Zaniolo uchun "Milan"dan talab qilayotganidan ancha kichikroq pul evaziga xayrlashishga tayyor. 2022/2023 yilgi mavsumda Hakim Ziyesh 15 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:36, 29.01.2023.
O'qildi: 5362 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.