Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Barcha davrlarning eng qimmat yanvar oyi transferlari (top-5)

Barcha davrlarning eng qimmat yanvar oyi transferlari (top-5)

Baho:
+ | -

5. Oskar ("Chelsi"dan "Shanxay"ga, 2017 yil – 60 million funt)

Diyego Kosta uchun 57 million funt olish "Chelsi"ning eng aqlli yurishlaridan biri bo‘lgan. Ammo Oskar kabi iqtidorni sotish haqida bunday demagan bo‘lardik. Afsuski, bu voqea 2017 yilda yuz beradi. Jeymi Karrager ushbu transferni Oskar uchun "sharmandali" deya izoh bergan. Balki braziliyalik futbolchi sharmandasi chiqib ham yashayverar, buni bilmadik. Hech bo‘lmaganda, uning Xitoyda olayotgan pullari futbolchiga taskin beradi.

4. Mixail Mudrik ("Shaxtyor"dan "Chelsi"ga, 2023 yil – 62 million funt)

Siz Mudrikning ko‘chishi 89 million funtlik bo‘lishi haqida ko‘p o‘qigandirsiz. Ammo hozircha "Chelsi" u uchun 62 million funt sarfladi xolos. Agarda Mudrik Angliyada o‘zidan kutilgan ishonchni oqlay olsa, u holda londonliklar hujumchi uchun yana 25 million funt qo‘shib berishi mumkin. Mudrik "Arsenal"ga o‘tmadi. U "Chelsi"da 8 yarim yillik bitim tuzdi.

3. Dushan Vlaxovich ("Fiorentina"dan "Yuventus"ga, 2022 yil – 66.6 million funt)

"Fiorentina" safida bir nechta rekordlarni yangilab tashlagani bilan tanilgan Vlaxovich, o‘tgan qishda "Yuventus" futbolchisiga aylangan edi. 22 yoshli hujumchi uchun "Arsenal" ham qiziqish bildirgan. Ammo serbiyalik Italiyada qolishni ma’qul ko‘rdi. Undan keyingi voqealarni esa yaxshi bilasiz.

2. Virjil van Deyk ("Sautgempton"dan "Liverpul"ga, 2018 yil – 75 million funt)

2018 yilning ilk kunida amalga oshirilgan transfer o‘sha paytning eng qimmat xaridiga aylangandi. Barcha van Deykning sotib olingan pulini ko‘p deb hisoblagan. Vaqt ko‘rsatdiki, bu xarid aslida arzon bo‘lgan ekan. Van Deyk "Enfild"da nimalar qilib tashlaganidan xabaringiz bor. U "Liverpul"ni eng yaxshi himoyaga ega jamoaga aylantirdi.

1. Filippe Kautinyo ("Liverpul"dan "Barselona"ga, 2018 yil – 142 million funt)

"Liverpul" 2017 yilning yozida "Barsa"ning Kautinyo uchun yo‘llagan uchta taklifini rad etgandi. Bu transfer baribir sodir bo‘ldi. Ispan klubi taklifini yana 20 million funtga oshirdi va Kautinyoni qishda sotib oldi. Biroq, bu transferdan na Kautinyo va na "Barsa" yutdi. "Liverpul"dan tashqari, albatta. Hammasi katta iste’dodning so‘nishi bilan yakun topdi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 19:04, 29.01.2023.
O'qildi: 2284 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.