Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Ukraina FIFA va UYEFAdan Yevropa klublari Rossiya jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini to‘xtatishini talab qilmoqda

Ukraina FIFA va UYEFAdan Yevropa klublari Rossiya jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini to‘xtatishini talab qilmoqda

Baho:
+ | -1

UFA (Ukraina futbol assosiasiyasi) FIFA va UYEFAga Yevropa jamoalarining Turkiyadagi qishki yig‘inda Rossiya klublari bilan o‘rtoqlik o‘yinlarini to‘xtatishni so‘rab murojaat qildi, deb xabar bermoqda The Athletic nashri.

"Turkiyadagi o‘yinlar norasmiy maqomga ega bo‘lsa-da, biz buni Rossiya sportining izolyasiyasini buzish deb bilamiz.

Mamlakatning har qanday vakili xalqaro tadbirlarda, jumladan, sport musobaqalarida qatnashish huquqiga ega emas. Rossiya va Belorussiya butunlay izolyasiya qilinishi kerak", - deya manbadan iqtibos keltirgan Ukraina terma jamoasi matbuot kotibi Aleksandr Glivinskiy.

Shuningdek, Glivinskiy Ukraina klublari "Partizan"ga ishora qilib, rossiyaliklar bilan to‘qnash kelgan jamoalar bilan o‘ynamaslikka qaror qilganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya klublari va terma jamoasi FIFA va UYEFA shafeligida o‘tkaziladigan musobaqalardan chetlashtirilgan edi.

Kiritildi: 12:35, 30.01.2023.
O'qildi: 1548 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.