Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Davron Fayziyev: "Dastlabki bahsda shogirdlarim raqibni biroz mensimagan holda o‘yin namoyish etishdi"

Davron Fayziyev: "Dastlabki bahsda shogirdlarim raqibni biroz mensimagan holda o‘yin namoyish etishdi"

Baho:
+ | -

"Qo‘qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziyev tayyorgarliklar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- “Qo‘qon-1912” turnirni kutilmagan mag‘lubiyat bilan boshladi, keyinchalik o‘zini tiklab oldi, bu haqda nima deya olasiz?

- Raqibni hurmat qilgan xolda aytishim mumkinki, “Andijon-SGS”ga qarshi dastlabki bahsda shogirdlarim raqibni biroz mensimagan holda o‘yin namoyish etishdi. Buning evaziga jazolandik. Bu masalan jamoaviy bilan yaxshilab muhokama qildik. Keyingi o‘yinlarda esa ular ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Oldimizga qo‘ygan dastlabki maqsadimizga erishdik — guruh bosqichidan chiqdik. Kelgusi bosqichdagi raqibimizni bugungi o‘yindan keyin bilib olamiz. Vazifamiz finalga qadar yetib borish hisoblanadi.

- Jamoaning umumiy tayyorgarligi haqida nima deya olasiz? “Qo‘qon-1912” Pro ligaga tushib ketgach, asosiy yetakchilari jamoani tark etdi. Yangi mavsumda qanday jamoa shakllanmoqda?

- Hozirgi holatimizni bilib turibmiz. Jamoaning salkam 90 foiz futbolchi tark etdi. Yangi futbolchilarni ko‘rikdan o‘tkazyapmiz. Hozirda safimizda kelgan futbolchilar yaxshi harakat qilishmoqda. Albatta, ularning barchasi bilan shartnoma imzolay olmaymiz. Bu borada turnir so‘ngida bir qarorga kelamiz. Shu bois, jamoaga kelgan yangi futbolchilarga klub oldiga qo‘ygan vazifalarni tushuntiryapmiz. Hozircha 10-11 nafar futbolchini ko‘z ostimga olib qo‘yganmiz. Qolaversa, mahalliy yoshlarga e’tibor qaratishni maqsad qilganmiz. Ularni ham jamoaga jalb qilganmiz. o‘ylaymanki, bu yoshlarning kelajagi porloq, faqatgina ularga e’tibor qaratish va ishonch bildirish kerak. Shu bilan birga, Superligada ishtirok etgan bir qator futbolchilar bilan muzokaralar o‘tkazyapmiz. Natija qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Agar hammasi ijobiy yakunlansa, ularni turnirdan keyin Toshkentdagi yig‘inda ko‘ramiz.

- Seleksiya ishlari turnir boshlangunga qadar davom etadimi?

- Oldimizda kam vaqt qolgan. Iloji boricha, seleksiya jarayonida xato qilmaslikka harakat qilamiz. Klub ishonchini oqlaydigan futbolchilarni qabul qilishga tayyormiz. 15-fevral kuni transfer oynasi yopiladi. Buni tushunib turibmiz. Ushbu muddat so‘ngigacha barcha transferlarimizni amalga oshirishga harakat qilamiz.

Turnir yaxshi o‘tyapti. Biroq maydon holati chiroyli futbol ko‘rsatishga xalaqit bermoqda. Mening nazarimda, turnir saviyasi avvalgi yillarga nisbatan biroz pasaygandek tuyulmoqda. Kelgusi yillardagi turnirlarda har bir jamoa asosiy tarkibi bilan ishtirok etsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ushbu musobaqa ham qaysidir murabbiylar uchun foydali sanaladi. Agarda sifatli maydonlar tashkil etilganda, boshqa jamoalar ham turnirda ishtirok etgan bo‘lardi." - dedi Davron Fayziyev.

Kiritildi: 14:09, 30.01.2023.
O'qildi: 1054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.