Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Yuventus" Vlaxovichni sotib yuborishga rozi bo‘ldi

"Yuventus" Vlaxovichni sotib yuborishga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich yaqin orada turinliklar jamoasini tark etishi mumkin, deb xabar beradi Calciomercato.it.

Manbaning xabariga ko‘ra, "Yuve" rahbariyati klubga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilganidan so‘ng byudjetdagi muammolar tufayli serbiyalik hujumchi bilan xayrlashishga tayyor. Italiyaliklar hujumchining transferi uchun kamida 80 million yevro olishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, serbning xizmatlariga "Arsenal", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Vlaxovich “Yuventus”da 2022 yilning yanvaridan buyon to‘p suradi. Uning Italiya jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Oldinroq uning agenti futbolchi qishki transfer oynasida "Yuventus"ni tark etishi mumkinligini aytgandi.

Joriy mavsumda 23 yoshli serb Turin klubi safida barcha turnirlar doirasida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining narxi 80 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 15:00, 30.01.2023.
O'qildi: 2515 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик