Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 23:45 Kalyari - Fiorentina
24/05 23:45 Jenoa - Bolonya
25/05 00:00 Jirona - Granada

Yurgen Klopp o‘rnini kimlar egallashi mumkin? – da’vogarlar murabbiylar beshligi

Yurgen Klopp o‘rnini kimlar egallashi mumkin? – da’vogarlar murabbiylar beshligi

Baho:
+ | -

1. Brenden Rojers

"Liverpul" bundan ancha yillar ilgari Rojersni ishdan bo‘shatadi. O‘shanda bu voqea ko‘plab muxlislar va mutaxassislar muhokamasiga sabab bo‘lgandi. Brenden Rojersni iste’foga chiqarish klub transfer bo‘limining ishtirokida ro‘y beradi. Eng asosiy sabab esa, o‘shanda "Liverpul" oltita o‘yinning beshtasida 1-1 hisobida, ketma-ket durang qayd etgandi. Qizig‘i, "qizillar" ushbu o‘yinlarning hammasida birinchi bo‘lib hisobni ochar, ammo bahs so‘ngida g‘alabani ushlab qola olmasdi. Kosaga eng so‘nggi "tomchi" bo‘lib mersisaydliklarning "Stok Siti"dan 6-1 hisobida mag‘lub bo‘lgani tushdi. Yurgen Kloppning hozirga ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Ammo har narsa bo‘lishi mumkin. Bir narsa aniqki, bir kun kelib germaniyalik mutaxassis ishdan ketgudek bo‘lsa, uning o‘rniga kelguvchilar (qaydnomasi) ichida albatta Brenden Rojers bo‘ladi.

2. Grem Potter

Bir narsanki aniq aytish mumkinki, bugun bordi-yu, biror top-6 APL klubi o‘z murabbiyini ishdan olsa, Potter varianti albatta bir karraga kӯrib chiqiladi. Balki, "Nyukasl" ham uni tanlagan bo‘lardi. Ammo "Liverpul"ga keladigan bo‘lsak, ozgina boshqacharoq vaziyat yuzaga keladi. Balki Potter hozirgi "Chelsi"ga munosibdir. Ammo "Liverpul"ni boshqarish uchun yana biroz "Brayton"da qolib, tajriba to‘plashi kerak edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham Potter yaxshi darajadagi mutaxassis.

3. Xulian Nagelsman

Germaniyalik mutaxassisni boshqa bir nemis almashtiradi. Mana shunday sarlavha yaxshi tushgan bo‘lardi, balki. Ammo Nagelsman borasida qarashlar har xil. Xususan, uning yoshini ko‘pchilik gapirishadi. "Liverpul"da esa Milner ca Adrian Nagelsmandan katta. Shu sababli bu kabi katta jamoani boshqarishdan oldin unga Bundesligada to‘plangan yutuqlar va obro‘ kerak bo‘ladi.

4. Stiven Jerrard

Premyer-liganing to‘liq mavsumida eng omadsizlardan biriga aylangan Jerrard, nomzodlar orasida mavjud. Ammo uning nimalarga qodir ekanini "Aston Villa"da ko‘rdik. Shuningdek, bu jamoaning natijalari Jerrardning hali ham "Liverpul"ga munosib emasligini ko‘rsatib berdi. U APLda judayam past – 32 % foiz o‘yinlarda g‘alabaga erishgan. Bu esa yetarli emas albatta. Top-jamoaga top-murabbiy kerak. Shu sababli Jerrard o‘zini boshqa bir jamoada sinab ko‘rgani ma’qul. Ammo "Liverpul" rahbariyati "ilohiy bog‘liqlik"ka ishonib, Jerrardni olib kelishi ham hech gap emas.

5. Tomas Tuxel

Tomas Tuxelni "Liverpul"da baxtli kunlar kutib turgani yo‘q. Harxolda, agarda u Klopp o‘rniga keladigan bo‘lsa, shunday gaplar aytiladi. Tuxel Klopp izidan yurib, "Borussiya Dortmund" va "Mayns"da ishlagandi. Uning omadsizligi shundaki, u ishlagan klub rahbarlari o‘ta sabrsiz bo‘lib chiqdi. "Chelsi"dan uning tezkor ketishi ham shu bilan bog‘liq. Tuxel boshqargan jamoalar yaxshi o‘yinlar ko‘rsatgan, yutuqlarga erishgan. Ammo hammasi vaqtinchalik edi. Shunday bo‘lsada, har ehtimolga qarshi Tuxel o‘zini yozga qadar erkin agent sifatida saqlab turishi kerak. Balki, Yurgen Klopp ketib qolar? Yana kim biladi deysiz...

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 20:00, 30.01.2023.
O'qildi: 5432 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.