"Marsel" yarim himoyachisi Pape Gey "Sevilya"ga ko‘chib o‘tdi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
24 yoshli senegallik futbolchi bilan ijara shartnomasi 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda Gey “Marsel” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, gol va golli uzatmani amalga oshirdi.













