"PSJ" hujumchisi Neymar Liga 1ning 21-turidan o‘rin olgan "MonpelYE"ga qarshi safar o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, braziliyalikda mushaklarda charchoq borligi aniqlangan va bugun davolanadi.
"MonpelYE" - "PSJ" uchrashuvi 1 fevral kuni tunda bo‘lib o‘tadi.
30 yoshli futbolchi joriy mavsum chempionatning 18 o‘yinida 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.