Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Mavsumning eng tezkor futbolchilari. Dembele to‘rtinchi, Mbappe esa uchinchi o‘rinda

Mavsumning eng tezkor futbolchilari. Dembele to‘rtinchi, Mbappe esa uchinchi o‘rinda

Baho:
+-1 | -

2022/2023 yilgi davom etayotgan mavsumning eng tezkor futbolchilari reytingi tuzildi. Unga ko‘ra Kilian Mbappe ro‘yxatda uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, bu ro‘yxatda "Nyukasl" himoyachisi yetakchilik qilmoqda.

7. Rafael Leau ("Milan") - 36,5 km/soat

23 yoshli portugaliyalik hujumchi "Milan"da to‘rtinchi mavsumni o‘tkazmoqda. 2022/2023 yilgi mavsumning o‘yinlaridan birida Rafael Leau maksimal 36,5 km/soat tezlikka erishdi. Lekin bunday tezlik unga vaqatgina 7 o‘rin bilan kifoyalanishga yetdi. Shuningdek, bu bilan u kuchli beshlikdagi eng tezkor portugaliyalik futbolchi bo‘ldi.

4–6. Mixail Mudrik ("Chelsi") – 36,6 km/soat

Ukrainalik futbolchi London klubiga yaqindagina borib qo‘shildi va allaqachon o‘zining katta tezligini namoyish etishga ulgurdi. Va bu "Liverpul" bilan o‘yinda sodir bo‘ldi! 22 yoshli vinger uchun 70 million yevro (+ 30 million evro bonus), londonliklar bu pullarni uzoqni ko‘zlab ishlatishgan shekilli. Mudrik hali bundan ham yuqoriroq natijaga erishishi kutilmoqda. 

4–6. Adama Traore ("Vulverxempton") -  36,6 km/soat

O‘tgan mavsumda "Barselona"ga ijaraga berilgan 27 yoshli ispaniyalik hujumchi "bo‘rilar" muxlislari xohlaganchalik tez-tez gol (mavsumning 23 o‘yinida ikkita gol) urayotgani yo‘q. Ammo u hamon o‘z tezligini saqlab qolmoqda. Menimcha bu ro‘yxatdagi eng yoshi katta futbolchi Adama bo‘lsa kerak. Afsus yulduz futbolchi bo‘lish uchun tezlikning o‘zi kamlik qiladi.

4–6. Usmon Dembele (Barselona) - 36,6 km/soat

2017 yildan buyon "Barsa"da o‘ynab kelayotgan 25 yoshli fransiyalik futbolchi asosiy tarkibdan mustaxkam joy olib kelmoqda. Joriy mavsumda u klub safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Va jamoadagi eng tezkor futbolchi maqomida. Ammo, yaqinda olgan jarohatidan keyin Usmon safdan chiqdi va doimgi manzili lazaretga yetib bordi. Endi u jarohatdan qaytib formasini tiklab olguncha vaqt o‘tsa kerak. 

3. Kilian Mbappe (PSJ) - 37,9 km/soat

Jahon futbolining hozirgi kundagi yulduzlaridan biri tezligi borasida 3-o‘rin bilan kifoyalandi. Biroq, uning mavsumdagi statistikasi hayratlanarli: PSJ uchun 25 ta o‘yinda 25 ta gol va 6 ta golli uzatma. Ko‘pchilik futbol ishqibozlari Kilianni eng tezkor futbolchi deb bilishadi. Ammo bu mavsum uning tezligi maksimal 37,9 km/soatga chiqqan. Shunisi ma’lumki Kilian deyarli xar o‘yin shunga yaqin tezlikda yuguradi.  

2. Darvin Nunyes ("Liverpul") – 38 km/soat

23 yoshli urugvaylik futbolchi Anliya primyer-ligasida ikki xarakatlari uchun ko‘p eslanadi. Birinchi 38 km/soat tezlikda yugkriyu qo‘ygani, bo‘lsa ikkinchisi qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurishi bilan. Nunyes realizasiyasini yaxshilasa, bunaqa tezligi bilan yulduz futbolchi bo‘la oladi. 

1. Sven Botman ("Nyukasl") - 39,21 km/soat

Bu 23 yoshli himoyachi hammadan tez yuugurgan! Niderlandiyalik futbolchi "Nyukasl"ga 2022 yilning yozida kelib qo‘shilgan va u allaqachon 18ta o‘yinda maydonga tushgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:00, 31.01.2023.
O'qildi: 7051 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик