Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

"Arsenal" tarkibi Jorjinyo bilan qanday ko‘rinish oladi, u kimni o‘rnini egallashi mumkin?

"Arsenal" tarkibi Jorjinyo bilan qanday ko‘rinish oladi, u kimni o‘rnini egallashi mumkin?

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi yana bir xaridni yakunladi. Jamoa "Chelsi"dan yarim himoyachi Jorjinyoni 10 million funtga sotib oldi. Transferda 2 million bonuslar bo‘lishi ham belgilangan. 31 yoshli italiyalik futbolchi juda ham tajribali. U faoliyati davomida YECHL va Yevropaning bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Uning kelishi esa ayni damda Mikel Artetaga kerak bo‘lgan ishonchni beradi.

Mavsumning hozirgi qismiga qadar maydon markazida "Arsenal"ning ikki futbolchisi bo‘lgan Tomas Parti va Granit Jaka fantastik darajada harakat qilib keldi. Ammo jamoada ularni almashtira oladigan variant yo‘q edi. Jorjinyoning kelishi esa bu muammoga yechim bo‘ladi. Qolaversa, Italiya terma jamoasi a’zosi asosiy tarkibdagi raqobatni o‘stirishga ham xizmat qiladi.
Bugun Jorjinyo haqidagi xabar chiqishi bilan "Arsenal" muxlislari orasida har xil gap-so‘zlar ko‘paydi. Fikrlar esa uning to‘pchilarga mos yoki mos emasligi va asosiy tarkibda kimning o‘rnini egallashi haqida edi...

Mikel Arteta mavsum boshidan beri asosan 4-3-3 taktik sxemasidan foydalanib kelmoqda. Ammo Jorjinyo sxemaga ham ta’sir etishi mumkin. Endilikda, "Arsenal" 4-2-3-1 shaklda harakat qilishi taxmin qilingan.
31 yoshli futbolchining asosiy tarkibga kirishi, turgan gapki, Granit Jaka yoki Tomas Partidan birining zaxira o‘rindig‘ida qolishiga olib keladi. Shu ma’noda, Partidan ko‘ra, Jakaning jamoaga foydasi ko‘proq bilinayotganini hisobga olib, aynan uni zaxirada qoldirish ma’qul deb qaraladi. Negaki, Jaka gollar va assistlar borasida ustasi farangga aylandi. Uniny zaxira varianti sifatida o‘yinga qo‘shilishi esa istalgan paytda raqibga gol urish ehtimolini oshiradi. Qolaversa, jamoaning barqarorligi ham o‘sadi. Darvoza oldidagi beshlik - Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba va Zinchenko formulasi o‘zgarmaydi. Shuningdek, Bukayo Saka, Martin Edegor, Gabriel Martinelli hamda Eddi Nketia ham hujumda hammasini eplab kelmoqda. Gabriel Jezusning yo‘qligi esa deyarli bilinmadi.

"Arsenal" APL turnir jadvalida bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda eng yaqin ta’qibchisi bo‘lgan "Manchester Siti"dan 5 ochkoga oldinda bormoqda. Jamoaning navbatdagi raqibi Shon Daych boshchiligidagi "Everton" bo‘ladi. Ushbu safar o‘yinidan keyin "Arsenal" o‘z uyida "Brentford"ni qabul qilishi kerak. 15 fevralda esa hamma kutayotgan bahs – "Arsenal" va "Manchester Siti" ilk bor ligada qarama-qarshi keladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:14, 31.01.2023.
O'qildi: 4171 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.