Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Ibragimovich: "Gvardiola erkak emas" — Pep bilan "sen-men"ga borib qolgan futbolchilar ro‘yxati

Ibragimovich: "Gvardiola erkak emas" — Pep bilan "sen-men"ga borib qolgan futbolchilar ro‘yxati

Baho:
+ | -

Gvardiola barcha davrlarning eng yaxshilaridan biri ekaniga shubha yo‘q. Ammo u bugungi darajasiga "yumshoq supurgi" sifatida yetib kelmagan. Ispan mutaxassisi o‘rni kelganda ayrim shogirdlari bilan "sen-men"ga borishga majbur bo‘lgan. Xususan, uning o‘yinga maksimal yondoshuvi va talabchanligi ba’zi futbolchilarga yoqmagandi. Joao Kanselu va Gvardiola borasida kezib yurgan mish-mishlar fonida bir ro‘yxat tuzib chiqdik. Bu shunday ro‘yxatki, Gvardiolaning faoliyatidagi "qora dog‘"larni yoritadi.

Zlatan Ibragimovich

"Sen "Ferrari" sotib olding, ammo uni "FIAT" kabi minayapsan".
Bu iqtibos Ibragimovich tomonidan Gvardiolaga sha’ma qilib aytgan gaplaridan keltirilgan.
"Barselona" 2009 yilda Ibragimovich uchun 59 million funt sarflaydi. Ammo bu transfer muvaffaqiyatli bo‘lmagan. Negaki, Gvardiola va jamoaning yangi hujumchisi kelisha olmay qolgandi. Shu sababli shvesiyalik Ispaniyada atigi bir mavsumgina harakat qilgan. O‘shandan keyin Zlatan Pep borasida shunday intervyu beradi: "Murabbiy sifatida u, shunchaki, fantastik darajada. Ammo inson sifatida...
Men buni izohlamagan bo‘lardim. Lekin u – erkak emas. Bundan ortiq hech nima deya olmayman".

Samyuel Eto'o

"Mening Gvardiola bilan "Barselona"dagi tajribam o‘z yo‘liga. Ammo shaxsiy munosabatlarimiz biz istagandek kechmadi. U haqida ko‘plab futbolchilar bir xil gapni aytishgan".
Eto'o katta nomlardan biri edi. Ammo Pep u bilan kelisha olmadi. Kamerunlik yulduz o‘z fikrida davom etar ekan, jumladan, shunday deydi: "Men Gvardiolani Maurinyoga taqqoslay olmayman. Chunki Pep "Bavariya" va "Manchester Siti"da YECHLni yuta olmagan. Maurinyo esa bu ishni allaqachonlar "Portu"da bajargan edi".

Yaya Ture

Ture Gvardiola haqida o‘z intervyusida juda keskin gapirgandi: "Men Gvardiolani afrikalik futbolchilar bilan muammosi borligini angladim. Nega bundayligi haqida o‘zimga ko‘p savol berganman".
Keyinchalik Ture bu gapi uchun Pepdan kechirim ham so‘raydi: "Qilgan ishimdan afsusdaman. Odamlar nomingizdan foydalanib har narsani gapiraverishadi. Ammo baribir uzr so‘rayman".
Bu juftlik "Barselona" va "Manchester Siti"da birga ishlagan. Ammo hech qachon Ture Pepning qo‘lida o‘z potensialidan to‘la foydalana olmagandi.

Sesk Fabregas

Gvardiola Fabregas bilan atigi bir mavsum ishlagan. Ikkisi ham "Barselona"ni tark etgach, o‘rtada ayrim haqiqatlar yuzaga chiqa boshladi. 2020 yilda ispaniyalik futbolchi shunday degandi: "Pep bilan nima bo‘lsa, bo‘lib o‘tdi. Balki ayb o‘zimda bo‘lgandir. Bu haqida gapirishni istamayman. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham Pep mening kumirim bo‘lib qolaveradi. Men undan ko‘p narsa o‘rganganman. To‘rt yoshimdan beri unga havas qilaman".

Dante

Garchand Germaniyadagi muxlislar uning uslubiyatini yaxshi ko‘rmasada, Gvardiola "Bavariya"ga ketma-ket uch bor mamlakat chempionligini keltiradi. Biroq, o‘sha yerda ham Gvardiola tomonidan suyilmagan futbolchilar bor bo‘lgan. Shulardan biri himoyachi Dante edi. U keyinchalik bu borada shunday deydi: "U siz bilan gaplashmaydi. Shunday bo‘ladiki, siz o‘zingizni aybdor his qila boshlaysiz. Ammo aniq sababi bo‘lmaydi. Qanday ahvolda ekaningizni bila olmay qiynalib ketasiz. Dunyoda taktik jihatdan top darajadagi murabbiylar bor. Ammo insoniylik jihatdan ularni "TOP" deya olmaysiz. Gvardiola ana shundaylar sirasiga kiradi".

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 21:30, 31.01.2023.
O'qildi: 5532 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.