Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Inter - Arsenal
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Olimpiakos - Bayer
21/01 01:00 Real Madrid - Monako
21/01 01:00 Sporting - PSJ
21/01 01:00 Tottenhem - Borussiya D
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

“Bunyodkor” stadionida tarixiy ishlar boshlandi

“Bunyodkor” stadionida tarixiy ishlar boshlandi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi va “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayevning taklifi hamda tashabbusi bilan 2022 yilning iyul oyida “Bunyodkor” stadionida qayta ta’mirlash ishlari boshlangan edi. Bugun qayta ta’mirlash ishlarining so‘nggi bosqichi boshlandi. Dastavval shu vaqtgacha amalga oshirilgan ishlarni yodga olsak.

Iyul oyida boshlangan qayta ta’mirlash ishlarining avvalida maydon osti, usti va atrofidagi eski jihozlar to‘liq olib tashlandi. So‘ng “drenaj” tizimi to‘liq yangilandi. Ma’lumki, stadion foydalanishga topshirilganidan buyon chim muammosi bilan kurashib keladi. Maydon nisbatan chuqurlikda joylashganligi sababli havo aylanish tizimida muammo bo‘lgan, bu o‘z-o‘zidan chimning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilib kelgan. Qolaversa, aynan havo aylanish tizimidagi muammo tufayli yoz faslida o‘tkaziladigan uchrashuvlar vaqtida futbolchilar nafas olishga qiynalgan. Qayta ta’mirlash ishlari boshlangan ilk kunlardayoq mazkur muammoning yechimiga jiddiy e’tibor qaratildi. Buning uchun maydonga tabiiy tuproq, ikki xil sheben toshlari, torf va qum to‘kildi. So‘ng maydonga yurtimizda undirilgan, mahalliy iqlimga to‘liq mos keladigan chim yotqizildi. Natijada maydonning balandligi yanada yuqoriladi. Bu balandlik havo aylanish tizimiga ijobiy ta’sir qildi. Va albatta havo aylanishdagi o‘zgarish qishning sovuq kunlarida ham chimning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir qilib kelmoqda.

Bugun “Bunyodkor”da maydon chimi bo‘yicha tarixiy ishlar boshlandi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ilk bor “Bunyodkor” stadioni maydoniga “proshivka” texnologiyasi qo‘llanilmoqda. Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati uchrashuvlari o‘tkazilgan maydonlarga xizmat ko‘rsatgan Gollandiyaning SIS GRASS firmasi xodimlari bugun “Bunyodkor”da tarixiy ishlarni amalga oshirmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, “proshivka” texnologiyasi – bu maydonga sun’iy tola ekib chiqish hisoblanadi. Mazkur tolalar tabiiy chimning tomir qismini mustahlaydi. Ya’ni, futbolchi uchrashuv vaqtida “podkat”ni amalga oshirsa, chim o‘z o‘rnidan siljimaydi, sun’iy tolalar bunga yo‘l qo‘ymaydi.

Rejaga ko‘ra, “proshivka” ishlari 10 kunda yakuniga yetadi. Maydon mart oyida mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga to‘liq tayyor bo‘ladi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 23:43, 01.02.2023.
O'qildi: 4233 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.