Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann jamoasining Germaniya kubogi 1/8 finalidagi o‘yinini yuqori baholadi.
“Natija va o‘yinimizdan juda mamnunman. "Mayns" jamoasi va Bo Svensson bilan uchrashuvlar juda qiyin. So‘nggi to‘qnashuvlarga qaraganda to‘pni oldinda tajovuzkorlik bilan egallab oldik. Qolaversa, raqibga ustunlikka yo‘l qo‘ymadik.
Bu nafaqat ushbu turnir uchun, balki oxirgi o‘yinlarimizdan keyin ham haqli va muhim g‘alaba bo‘ldi. Yakshanba kuni “Volfsburg”ga qarshi o‘yinda ham xuddi shu narsani takrorlamoqchimiz”, — deb Nagelsmann so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Kecha kubok bahsida "Bavariya"ning ikki futbolchisi debyut qildi: Deyli Blind va Joau Kanselo. Har ikki futbolchi “Bavariya” jamoasiga qishki transfer oynasida kelib qo‘shildi.