Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Euro Round. 2022-2023 yilgi mavsumning to‘purarlar ro‘yxati (top-10)

Euro Round. 2022-2023 yilgi mavsumning to‘purarlar ro‘yxati (top-10)

Baho:
+ | -

10. Ademola Lukman – 12 ta

Germaniyada tug‘ilgan Nigeriya terma jamoasi a’zosi A seriyani yondirmoqda. U "Atalanta"ning kuchli to‘rttalikka kirishida eng ko‘p mehnat qilayotganlardan biridir. Lukmanning mahsuldorligi, ayniqsa, Jahon chempionatidan keyin o‘sib ketdi. Sobiq "Lester Siti" hujumchisi 2023 yilda 7 ta gol urishga erishgan. Gollarning asosiy qismi "Yuventus", "Spesiya" va "Salernitana"ga qarshi kiritilgan (dubllar).

9. Vissam Ben Yedder – 12 ta

Ben Yedder Fransiyaning mundial ro‘yxatidan joy ola bilmagan edi. Shunday bo‘lsada, u "Monako" safida faol futbolchilardan biri bo‘lib turibdi. 32 yoshli hujumchi 18 ta o‘yinda 12 ta golga mualliflik qilgan. Ben Yedderning o‘rtacha bitta gol urish ko‘rsatkichi 89 daqiqani tashkil etadi. Bu Yevropadagi eng yaxshi ikkinchi ko‘rsatkichdir.

8. Ayvan Tauni – 13 ta

"Brentford" futbolchisi Yevropadagi eng yaxshilardan bo‘lib turgani ajablanarli, albatta. Angliya terma jamoasi a’zosi bu mavsum davomida 13 ta golga mualliflik qildi. Shulardan 9 tasi o‘yindan, 4 tasi esa penaltilardan kiritilgan. Ajoyib natija!

7. Niklas Fyullkrug – 13 ta

Bremen shahrining "Verder" klubi Bundesligaga bu safar o‘zgacha yondoshmoqda. Jamoaning barqaror o‘yinlarida Fyullkrugning hissasi katta. Ha, u Germaniya terma jamoasi bilan Qatarga bora olmadi. Ammo ichki chempionatda yorqin harakatlari bilan ajralib turibdi. Xususan, hozirgacha hech bir Bundesliga futbolchisi undan ko‘p gol urmadi.

6. Kilian Mbappe – 13 ta

Dunyoning eng yaxshi gol mashinalaridan biri bo‘lgan Mbappe, Jahon chempionatidan keyin mahsuldor o‘yin ko‘rsata olmayapti. Ha, u kelajakda hali katta natijalarga erishishi mumkindir. Ammo shu kunlarda emas. Uning 2023 yilda kiritgan gollari soni atigi bittani tashkil etadi. Shunday bo‘lsada, qahramonimiz mavsum davomida 13 ta gol urishga erishdi.

5. Folarin Balogun – 14 ta

"Arsenal" tarbiyalanuvchisi Fransiyada Mbappeni ortda qoldirishga erishdi. U "Reyms" bilan "PSJ"ga bitta gol urgandi. "Loryan" bilan esa xet-trik qayd etdi. Hozirga kelib to‘pchilarning kelajagi yorqinlasha boshladi. Chunki Mikel Artetaga yana bitta tekin hujumchi tayyorlanmoqda.

4. Viktor Osimxen – 14 ta

Osimxen mavsum davomida jarohat sababli ancha qiynaldi. Ammo u sport formasida bo‘lsa, to‘xtatadigan kuch topilishi qiyin bo‘ladi. Nigeriyalikning 16 ta bahsda 14 ta gol urgani ham so‘zimiz isboti o‘laroq, yangraydi. U "Napoli"ni chempion qilishda muhim figura bo‘lib turibdi.

3. Robert Levandovski – 14 ta

Lionel Messidan keyin "Barselona"da eng yorqin yulduz sifatida, keyinchalik Robert e’tirof etilar. Chunki uning Ispaniyadagi ilk mavsumi shunga ishora qilmoqda. 34 yoshli hujumchiga La-ligaga moslashib ketishi uchun ozgina vaqt kerak bo‘ldi. Hozir esa hammasi joyida. Levandovski 14 ta gol urishga erishdi. Bu esa uning har 89 daqiqada bir gol urishini anglatadi.

2. Xarri Keyn – 16 ta

Antonio Konte jamoasi mavsum oldidan ancha ishonchsiz ko‘ringan edi. Ammo bunday bo‘lib chiqmadi. Keyn avgustdan boshlab ishga kirishdi. U o‘sha oyda o‘tkazilgan 4 ta o‘yinda 4 ta gol urgandi. Ingliz hujumchisi shundan beri to‘xtamayapti. Ha, "Tottenxem"ning o‘zi turnir jadvalida raqiblaridan ancha ortda qolgandir. Ammo jamoa to‘purari o‘z yo‘nalishida davom etadi.

1. Erling Xoland – 25 ta

Norvegiyalik hujumchi hali "Borussiya Dortmund" safida ekanidayoq Yevropada eng tez 50 ta gol urgan futbolchiga aylangandi. Hozir Xoland o‘z rekordini buzish yo‘lida harakat qilmoqda. U APLdagi dastlabki 19 ta o‘yinida 25 ta gol urishga erishdi. Bu esa har 62 daqiqada bitta gol deganidir. Hozirgi Xolandga faqat birgina ta’rif mos keladi – MAXLUQ!

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 18:37, 02.02.2023.
O'qildi: 1693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.