Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Gavi yozda "Barselona"ni tark etishi mumkin. La Liga katalon klubini qonunlarga amal qilmaslikda ayblamoqda

Gavi yozda "Barselona"ni tark etishi mumkin. La Liga katalon klubini qonunlarga amal qilmaslikda ayblamoqda

Baho:
+ | -

 Yanvar oyidagi aksariyat klublar yangi futbolchi xarid qilgan bo‘lsa, "Barselona" o‘zining iqtidorli futbolchisini saqlab qolishga harakat qildi. Gavi ikki mavsumdan beri "Barsa"da o‘ynamoqda va o‘tgan yilning kuzida maoshini oshirgan holda shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirdi. Yaqin vaqtgacha yangi shartnoma shartlari La Liga tomonidan belgilanmagan edi, shuning uchun u yoshlar jamoasi futbolchisi hisoblanib, 30-raqam ostida maydonga tushayotgandi. "Barselona" o‘tgan hafta yana shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazishga urinib ko‘rdi, ammo liganing qarshiligiga duch keldi - ular bu masalani sud orqali hal qilishlari kerak edi.

"Barselona" o‘ziga xos uslubda: yozdagi bo‘lgani kabi "richag"lardan foydalandi, ammo bu hali ham yetarli emas edi

Kataloniya klubi inqirozi shu qadar cho‘zilib ketganki, "Barselona" qayta-qayta bir xil moliyaviy tuzoqqa tushib qoladi. O‘tgan yozda rahbariyat uzoq vaqt davomida ba’zi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi, shu sababli ular o‘sha mashhur iqtisodiy dastaklardan foydalanishlari va qo‘shimcha mablag‘ jalb qilishlari kerak edi. Natijada "Barselona" barcha yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi va kuzda ular ham yosh va istiqbolli Gaviga yangi shartnoma taklif qilishdi. Shartnomada maoshni oshirish va asosiy jamoa futbolchilari orasiga qo‘shilishi ko‘zda tutilgan. Faqat bitta muammo bor edi: haddan tashqari yoqori maoshlarni tushirish kerak edi. Faoliyatini yakunlagan Jerar Pike va "Atletiko"ga o‘tgan Memfis Depayning maoshlari evaziga endi Gavini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin edi, ammo La Liga Gavini ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortdi - liga prezidenti Xaver Tebas klub hali ham ikkita moddani buzayotganini aytdi.

"Gavining ro‘yxatdan o‘tishni rad etishi haqidagi savol tug‘iladi, chunki bu ro‘yxatga olish keyingi mavsumda kuchga kiradi va keyingi olti oy davomida amal qilmaydi. "Barselona"ning kelasi mavsumdagi byudjet taqchilligi 200 million yevrodan oshadi, shuning uchun bu ro‘yxatga olishni qabul qilish to‘g‘ri kelmaydi". - Tebas

Birinchi sabab, klub mavsum o‘rtasida shartnomani uzaytirishni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi, chunki bunda keyingi mavsumdagi maosh chegarasi hisobga olinishi kerak. Ikkinchisi, La Liganing kuzda qabul qilingan yangi qoidasi bo‘lib, unga ko‘ra, aktivlar sotuvining atigi 5 foizi ish haqi chegarasini hisoblashga kiritilishi mumkin. Bu avvalroq investisiyalarni jalb qilish uchun homiylik shartnomalarini tuzgan "Barselona"ning imkoniyatlarini keskin cheklaydi. Qolaversa, manfiy balansga ega klublar keyingi ikki mavsum uchun likvidlik rejasini taqdim etishlari kerak, buni "Barsa" hali bajarmagan.

Endi esa "Barselona" va La Liga o‘rtasida katta mojaro yuzaga kelmoqda. Klub rahbariyati mutasaddilarning unga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lishayotganiga ishonchi komil, La Liga rahbarlari esa o‘z navbatida "Barselona" moliyaviy qoidalarni tushunmaydi yoki ularni qayta-qayta chetlab o‘tishga harakat qilmoqda deb hisoblaydi.

Yozda aktivlar sotuvidan tushgan 667 million yevro bu va keyingi mavsumda "Barselona"ning daromad olish uchun etarli edi, ammo bu pul oqimidan hisob-kitoblarni muvozanatlash uchun ishlatish o‘rniga, Laporta katta xaridlarni uyushtirdi. Shu bilan birga, klub byudjeti hech bo‘lmaganda Chempionlar ligasining chorak finalini nazarda tutgan va bu endi amalga oshmaydi. Chempionlar ligasi guruh bosqichidan chiqa olmaslik tufayli "Barsa"ning daromadi pasayadi va bu avtomatik ravishda maosh chegarasiga ta’sir qiladi. Shu bilan birga, dekabr oyida klub 656 million yevro chegarasidan 26 million yevro ko‘proq ishlatgan.

Gavi yozda ketishi mumkin. Uning taqdiri yana sud qaroriga bog‘liq

Gavi bilan to‘liq tushinarsiz voqea yuzaga keldi: dastlab "Barsa" u oltinchi raqamni olganini va ro‘yxatdan o‘tganini e’lon qildi va uning profili hatto La Liga veb-saytida paydo bo‘ldi. Ammo keyin u yerdan g‘oyib bo‘ldi, chunki liga bu shartlarni qabul qilishdan bosh tortdi. Keyin "Barselona" La Ligaga qarshi sudda g‘alaba qozondi. Sud qarori shunday bo‘lgan:

"Barselonadagi 10-sonli xo‘jalik sudi Ispaniya futbol ligasini (LFP) Gavi qishki transfer oynasi yopilgunga qadar asosiy jamoa o‘yinchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga ruxsat berdi."

Qaror LFP vakolatlarini tan oladi va "Barselona"ning da’vosida qonuniylik prinsipi mavjudligini va futbolchini transfer oynasi tugaguniga qadar ro‘yxatdan o‘tkazmaslik futbolchining harakat erkinligini cheklashni anglatadi va shuning uchun jiddiy va tuzatib bo‘lmaydigan huquqbuzarlikka sabab bo‘ladi, deb hisoblaydi. La Liga sudning hukmi haqida xabardor qilindi va Gavi endi asosiy jamoa futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin."

Liga apellyasiya berishga qaror qildi: tashkilot bayonotiga ko‘ra, qaror "o‘z dalillarini taqdim etish imkoniyatisiz" qabul qilingan, shuning uchun Gavining ro‘yxatdan o‘tishi vaqinchalik imkonsiz. “Sudning avvalgi qarorini bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarishi uchun yetarli faktik va qonuniy asoslar mavjud”, — deyiladi bayonotda.

Bu ish hali tugamadi, shuning uchun "Barselona"ning liga bilan yangi qarama-qarshiligi kutmoqda. Qizig‘i shundaki, Gavining kuzda imzolangan shartnomasi u asosiy jamoada ro‘yxatdan o‘tgan taqdirdagina amal qiladi, shuning uchun La Liga apellyasiyasidan keyin sud qarori "Barselona" uchun salbiy bo‘lsa, futbolchi yozda klubni tark etishi mumkin. 

Klub bunday bo‘lmasligiga ishonch hosil qilmoqda: Gavining shartnomasida 1 milliard yevro miqdorida sotib olish varianti mavjud va uni «Barselona»da ro‘yxatdan o‘tkazishdagi qiyinchiliklar faqat "byurokratik masala" deb o‘ylashmoqda.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 11:06, 03.02.2023.
O'qildi: 3641 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.