Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Bunyodkor» 40 nafardan ortiq xodimlar hech qanday tushuntirishlarsiz ishdan bo‘shatilgani haqida ma’lumot berdi

«Bunyodkor» 40 nafardan ortiq xodimlar hech qanday tushuntirishlarsiz ishdan bo‘shatilgani haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayev boshchiligida futbol klubida sog‘lom muhitni tiklash va klub murabbiy, o‘yinchilari va xodimlariga qulay shart-sharoitlar yaratilishi yuzasidan amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan kecha “Bunyodkor” futbol klubi qarorgohida asosiy jamoa a’zolari, murabbiylar shtabi, klub va akademiya xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidan “Bunyodkor” jamoasining yangi mavsumga tayyorgarligi, rejalari, 3-17 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida rejalashtirilgan qishki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarining tashkiliy masalalari, murabbiylar shtabidagi o‘zgarishlar o‘rin oldi.

Yig‘ilish davomida murabbiy Hikmat Hoshimov yaratilayotgan sharoitlar lozim darajadaligini ta’kidlab, yangi mavsumga tayyorgarlik reja asosida ketayotganligini ma’lum qildi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak, “Bunyodkor” futbol klubiga begona bo‘lmagan tajribali mutaxassis, Pro lisenziyasiga ega bo‘lgan Murod Otajonov jamoa murabbiylar shtabida ish boshladi.

Tadbir davomida klubga amaliy yordam ko‘rsatish, olib borilgan o‘rganish yakunlari va sobiq rahbariyat tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Xususan, belgilangan rejalar amalga oshirilmaganligi, klubning yillik xarajatlari smetasi o‘z vaqtida ishlab chiqilmaganligi, xodimlarning shtat jadvali joriy yilning yanvar oyida ham tasdiqlanmaganligi aniqlangan.

Qolaversa, 2022 yilning so‘nggi to‘rt oyida klub hisob raqamidagi mablag‘lar maqsadli yo‘naltirilmaganligi, 40 nafardan ortiq xodimlar hech qanday tushuntirishlarsiz ishdan bo‘shatilganligi, ayrim xodimlarga esa 2023 yil uchun xarajatlar smetasida ko‘zda tutilmagan oylik maoshlar asossiz ravishda bir necha barobarga oshirilganligi, bu esa klub faoliyatiga jiddiy moliyaviy zararlar keltirishi mumkinligi ma’lum qilindi. Kompleans nazorati o‘rganishi davom etadi.

Shuningdek, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida salbiy holatlarni oldini olish hamda ijtimoiy tarmoqlar va turli ommaviy axborot vositalarida “Bunyodkor” futbol klubiga nisbatan bildirilgan fikr-mulohazalar ham o‘rganilib, tahlil qilindi, yo‘l xaritasiga kiritildi.

Yig‘ilish yakunida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bir qator xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi hamda yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

“Bunyodkor” futbol klubi Prezidenti Mehriddin Abdullayev rahbarligida O‘zbekistonda futbolni 2030 yilgacha rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasiga asosan klubni rivojlantirish yo‘nalishidagi amaliy chora-tadbirlar davom ettiriladi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 14:58, 03.02.2023.
O'qildi: 2301 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.