Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Bir o‘yindan ikki lavha

Bir o‘yindan ikki lavha

Baho:
+ | -

«Real» avvalgi payshanba oqshomi yana bir irodali g‘alabani rasmiylashtirib, Ispaniya kubogi yarim finaliga yo‘l ochdi. Karlo Anchelotti shogirdlari bu safar «Atletiko» bilan bahsning 78-daqiqasiga qadar 0:1 hisobida ortda borib, yakunda g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishdi - 3:1. Ko‘pchilik o‘yin va undan so‘ng ikki kadrga alohida e’tibor qaratdi. Sports.ru sayti ham bularga darov to‘xtalishni lozim topdi.

Olijanob Benz! 

Birinchi lavha «Real» goleadori Karim Benzemaga bog‘liq. Fransiyalik hujumchi o‘yin boshlanishidan oldin jamoa sardori sifatida odatiy kichik jarayonda qatnashdi. Bilasiz, bunda raqiblar sardorlari va hakamlar o‘zaro qo‘l berib so‘rashishadi, yana jamoalar vimpellari esdalik uchun almashtiriladi, yakunda an’anaviy suratga tushiladi. Xullas, uchrashuvdan so‘ng ushbu surat ustida muhokama boshlandi. Binobarin, Benzema raqib vimpelini kameraga qaratib, suratga tushgan (to‘liq ko‘ringan) bo‘lsa, «Atletiko» sardori Koke «Real» ramzini ortiga «yashirdi». Ehtimol, bu shunchaki, tasodifdir, ammo oldinroq ham shunday holat kuzatilgandi. Ya’ni yanvar oyidagi «El-klasiko» oldidan Benzema «Barselona» vimpelini to‘g‘ri ko‘z-ko‘z qilgan, Serxio Buskets esa «Real»nikini kameradan «olib qochgandi».

Moratadan trolling

Alvaro Morata garchi «Atletiko» tarbiyalanuvchisi bo‘lsada, yoshligidayoq «Real» safiga qo‘shilgan va o‘zini namoyon qila olgan. Keyinchalik Italiya va Angliyada to‘p surgan hujumchi Ispaniya, aynan «Atletiko»ga qaytdi. «Madrid derbisi»da esa Morata ilk daqiqalardanoq «Real» muxlislarining haqoratomuz hayqiriqlariga duch keldi: «Kalamush». Qarangki, bundan jahli chiqqan futbolchi 19-daqiqada hisobni ochdi va golni nishonlashda kafti bilan libosidagi familiyasining dastlabki bo‘g‘inini yopti. Shu tariqa rata yozuvini ko‘rsatdi. Rata — bu kalamush. To‘g‘ri, Alvaroning tezkor goli va o‘rinli javobi yakunda «Atletiko»ga yordam bergani yo‘q - «matraschilar» oxirida g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi va qo‘shimcha bo‘limlarda mag‘lubiyatni tan olishdi. 

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:30, 03.02.2023.
O'qildi: 1304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик