"Manchester Yunayted" hujumchisi Meyson Grinvud bilan bo‘lgan shov-shuvli voqea nihoyat hal bo‘ldi. 21 yoshli futbolchidan barcha ayblovlar olib tashlandi va sud jarayoni tugatildi.
Futbolchi nimada gumon qilingan?
Grinvud 2022-yil boshida uning sobiq sevgilisi Xarriyet Robson ijtimoiy tarmoqqa labi yorilib, butun vujudidagi ko‘karishlar suratlarini joylashtirganida janjal kelib chiqdi. "Meyson Grinvud menga nima qilayotganini bilmoqchi bo‘lgan har bir kishi uchun", deb yozgan u fotosuratlarga. Bundan tashqari, tarmoqqa Grinvud va Robsonning ovozlari kiritilgan audioyozuv tarqaldi. Uning asosida futbolchi zo‘ravonlikda ayblangan.
30 yanvar kuni Manchester polisiyasi tergov boshladi, Grinvudni hibsga oldi va so‘roqqa olib ketdi. Meysonning qo‘shnilariga ham savollar berildi. Futbolchi o‘sha paytda yashagan uyni bir necha hafta oldin ijaraga olgan edi. Yangi qo‘shnilar o‘yinchi haqida yomon narsa demadilar, ammo eskilari Grinvud qattiq koronavirus cheklovlari ostida o‘tkazgan shovqinli ziyofatlardan shikoyat qilishdi.
“Manchester Yunayted” darhol hujumchidan uzoqlashdi. Klub do‘konidan futbolchiga tegishli barcha mahsulotlar olib tashlandi. Bundan tashqari, "Manchester Yunayted" Grinvud tergov tugaguniga qadar mashg‘ulotlar va o‘yinlarga qaytmasligini ma’lum qildi. Ba’zi jamoa o‘yinchilari ijtimoiy tarmoqlarda Meyson obunasini bekor qildi va Nike o‘yinchi bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Hattoki, EA o‘yinchini FIFA 22 simulyatoridan olib tashladi.
Shov-shuvli xabardan so‘ng “Manchester Yunayted” muxlislari Grinvud nomi yozilgan futbolkalarni o‘zgartirish iltimosi bilan klub do‘koniga qaytarishdi. Ularga boshqa har qanday futbolchining formasini tekin tanlashga ruxsat berildi. Grinvudning o‘zi bir necha marta garov evaziga ozod qilingan, ammo u ikki marta shartlarni buzgan. Unga da’vo qilingan jabrlanuvchi bilan aloqa qilish taqiqlangan, ammo Grinvud munosabatlarni o‘rnatishga harakat qilgan.
Nega Grinvud ayblovlardan ozod qilindi?
Kecha 2023 yilning 2 fevralida futbolchi barcha ayblovlardan ozod qilingani ma’lum bo‘ldi. Prokuratura boshlig‘i Maykl Kerr shunday dedi: “Ommaviy axborot vositalarida ushbu ishning yuqori yoritilishini inobatga olgan holda, 21 yoshli yigit 2022 yil yanvar oyida boshlangan tergov bo‘yicha endi jinoiy javobgarlikka tortilmagani haqida xabar berish adolatli. Tergov guruhi advokatlar bilan doimiy aloqada bo‘lgan va shuning uchun ushbu bosqichda ish yuritishni tugatish sabablarini tushunadi. Bu qaror osonlik bilan qabul qilinmadi.
Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikning qiziqishiga qaramay, biz bu masala bo‘yicha batafsil izohlar bermaslikka qaror qildik. Muhim guvohlarning ko‘rsatuv berishdan voz kechishi, shuningdek, yangi ish materiallarini o‘rganish ayblov hukmining haqiqiy istiqboli yo‘qligini anglatardi. Bunday sharoitda biz ishni to‘xtatishga majburmiz. Bizning xizmatimiz qarorni barcha tomonlarga
tushuntirdi”.
Sobiq bosh prokuror va hozirda Manchester universiteti matbuot kotibi Naziel Afzal shunday deb yozgan edi: “Grinvud ishi sudda ko‘rilmaydi, chunki u barcha ayblovlardan holi. Bizning tizimimizda gumondor shaxsning aybi isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanadi. Ha, ular audioyozuvlarni eshitib, shundan kelib chiqib, jinoyat bor-yo‘qligi haqida fikr bildirishlari mumkin edi. Ammo hakamlar hay’ati ayblanuvchini dalillarga asoslanib hukm qilishi mumkin bo‘lmasa, prokurorlar ishni to‘xtatishi talab qilinadi”.
Grinvud bu mavsumda o‘ynay oladimi?
Grinvud bir yildan ortiq maydonga tushmadi - u so‘nggi o‘yinini 2022 yil 22 yanvarda "Vest Xem" bilan o‘tkazdi (1:0). Grinvudning ayblovlar olib tashlanganidan keyingi holati hozircha oshkor etilmagan.
Qizig‘i shundaki, Meysonning profili hatto hibsda bo‘lganida ham "Manchester Yunayted"ning rasmiy veb-saytida bo‘lgan: "Grinvudning maqomida hech qanday o‘zgarish yo‘q. Biz futbolchining profilini klub qaydnomasidan olib tashladik, biroq uning sahifasi hamon rasmiy saytda. Meyson "Manchester Yunayted"ning bir qismi bo‘lib qolmoqda, garchi u hozirda sud jarayoni tufayli jamoadan tashqarida".
Sentyabr oyida mankunianliklar 2022/2023 yilgi mavsum uchun jamoa tarkibini e’lon qilishdi. Zo‘ravonlikda gumon qilingan Grinvud yoshlar jamoasiga (21 yoshgacha) kiritildi, bu nazariy jihatdan unga asosiy jamoa libosida maydonga tushish imkoniyatini beradi. “Manchester Yunayted” futbolchini sud jarayoni tugaguniga qadar futboldan chetlatdi va barcha ayblovlar olib tashlanganligi sababli, Meyson faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega.
"Manchester Yunayted" allaqachon vaziyat bo‘yicha bayonot berdi: "Klub prokuraturaning Meyson Grinvudga qo‘yilgan barcha ayblovlarni olib tashlash haqidagi qaroridan xabardor. "Manchester Yunayted" jarayon yakunlanmaguncha izoh bermaydi”, deyiladi bayonatda.