Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

"Nyukasl" darvozaboni Angliya liga kubogi finalida yutqazsagina oltin medal oladi

"Nyukasl" darvozaboni Angliya liga kubogi finalida yutqazsagina oltin medal oladi

Baho:
+ | -1

2022 yilning yozida o‘ziga zaxira darvozaboni izlayotgan "Manchester Yunayted" "Nyukasl" posboni Martin Dubravka bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. Avvalgi mavsumda "hakkalar"ning asosiy darvozaboni bo‘lgan Dubravka saviyasi yuqoriroq jamoaga 1 yilga ijaraga berildi.

Qishda “Yunayted” va “Nyukasl” futbolchini ortga qaytarish yaxshiroq deb qaror qilishdi. Bu vaqt ichida u "qizil iblislar" safida atigi ikkita o‘yin o‘tkazdi, ikkalasi ham Liga kubogida - "Aston Villa" va "Byornli"ga qarshi. Qizig‘i shundaki, ushbu kubok uchun finalda Martin o‘ynagan ikkala klub o‘zaro kurash olib boradi. Va u qiyin dilemmaga duch keladi.

U Liga Kubogida "Yunayted" safida o‘ynagani uchun mankunianliklar kubok sohibiga aylansa, oltin medalga ega chiqadi. "Nyukasl" esa uni ushbu turnirda maydonga tushira olmaydi va agar "hakkalar" finalda g‘alaba qozonsa, Dubravka medalsiz qolib ketadi.

Qiziq, besh yildan buyon harakat qilayotgan klubingizning mag‘lubiyati sizga mukofot olib kelishini hech tasavvur qilib ko‘rganmisiz?

Kiritildi: 23:46, 03.02.2023.
O'qildi: 2142 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик