Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Messi: «Filmning oxiri baxtli yakun bilan tugashi kerak edi»

Messi: «Filmning oxiri baxtli yakun bilan tugashi kerak edi»

Baho:
+1 | -

«PSJ» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Ole nashriga Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionatidan keyingi batafsil intervyusini berdi. Argentinaliklar jahon chempionati tarixidagi eng yaxshi finallardan birida Fransiyani (3:3, 4:2 pen.) mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Messi jamoa uchun turnirning borishi, g‘alabadan olingan his-tuyg‘ular haqida gapirdi va Qatarda yaratilgan memlar haqida fikr bildirdi. Biz siz uchun Leoning eng qiziqarli javoblarini havola etamiz.

Kubokni o‘pishi haqida

— O‘sha paytda his qilganlarimni so‘z bilan tushuntirib berolmayman. Kubokni ko‘rganimda bunday munosabat haqida o‘ylamagandim. Bu mening ichimdan chiqdi: unga yaqinlashish, teginish va o‘pish. Bu o‘z-o‘zidan paydo bo‘ldi, chunki men yuqoriga ko‘tarilgunimcha kubokni ko‘rmagan edim. Men buni o‘tayotganda payqadim.

Jahon chempionatida g‘alaba qozonishni qanchalik xohladim? — Shuncha vaqt terma jamoada bo‘lganimdan so‘ng, avvalgi jahon chempionatlaridan so‘ng, 2014 yilda kubokga yaqin borganimdan so‘ng, JCH-2018da qilgan ishimni uddalay olmay, g‘alabani qo‘ldan chiqarganimdan keyin menda alam paydo bo‘lgan. Jahon chempionatidagi g‘alaba ortida ko‘p qurbonliklar, ko‘plab mag‘lubiyatlar, ko‘plab og‘ir damlar bor. Bu fantastik hikoya.

Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan keyingi qo‘rquv haqida

- Saudiya Arabistonidan mag‘lubiyatga uchraganimizdan keyin ham hamma narsaga qodir ekanligimizga ishonchim komil edi. Ochig‘i, o‘yin biz kutgandek ketmadi, degan qo‘rquv bor edi, mag‘lubiyatdan keyin bu oson bo‘lmadi. Agar ikkinchi o‘yinda yutqazganimizda, hech qanday imkoniyatga ega bo‘lmagan bo‘lardik. Vaholanki, bu jamoaning kuchini, qanday mentalitetga ega ekanini ko‘rsatdi va Meksika bilan o‘yindan keyin bizni yanada kuchliroq qilgan o‘ziga xos sinov bo‘ldi. Lekin, shu aniqki, ishlar biz xohlagandek ketmadi, degan qo‘rquv bor edi.

Meksika va Polsha bilan o‘yinlar haqida

— Yigitlar bilan gaplashib, ahvolimiz og‘ir ekani, ammo undan chiqishga harakat qilishimiz kerakligini aytganimni eslayman. Saudiya Arabistoni bilan uchrashuv oldidan biz 35 o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdik va agar avvalgidek o‘ynasak, Meksikani mag‘lub etishimizni bilardik. Eng qiyini, shoshilmaslik uchun sabr-toqat va xotirjamlikka ega bo‘lish edi. To‘pni bir qanotdan ikkinchisiga o‘tkazing, bo‘sh joy paydo bo‘lishini kuting. Ba’zida hayajon bizni yeb qo‘yardi, juda tez o‘ynashga majbur qildi va biz ahmoqona tarzda to‘plarni yo‘qotdik, ammo bunday uchrashuv uchun bu normal holat.

Meksika bilan bahsdan keyin men juda xotirjam edim. Biz Polshaga qarshi ajoyib o‘yin o‘tkazdik, penaltini ura olmaganimdan keyin biz shunday o‘ynashda davom etdik va undan ham yaxshiroq harakatlandik. Bizda o‘yin nazorati, to‘pga ko‘proq egalik qilish avvalgilari bilan bir xil edi. Saudiyaliklarga yutqazganimiz tasodif edi, birinchi bo‘limda bizda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi, agar 2:0 hisobida oldinda bo‘lganimizda o‘yin boshqacha kechgan bo‘lardi. Ular ikkita gol urishdi va bu bizga qimmatga tushdi.

Jahon chempionatining pley-off bosqichidagi birinchi gollar haqida

— Biz bu haqda oilamiz va do‘stlarimiz bilan gaplashdik. Bu shunday bo‘lishi kerak edi, filmning oxiri baxtli yakun bilan tugashi kerak edi. Bir marta Xudo menga jahon chempionligini berishiga ishonishim haqida aytgandim. Nega bunday deb o‘ylaganimni bilmayman, lekin buni his qildim. Menimcha, bu JCH lahzalari eng yaxshisi edi. Agar boshqa JCHni tanlashim kerak bo‘lsa, unday qilmasdim. Bunday yakun juda ajoyib.

Gollandiya bilan bahsdagi gol nishonlashi haqida

— O‘yin oldidan xayolimda hech narsa yo‘q edi. Keyinroq «Nega bunday qildim», deb o‘yladim. Raqib hisobni tenglashtirdi. O‘yindan oldin van Gal nima deganini ko‘rdim, bir jamoadoshim buni menga ko‘rsatdi. Va haqiqat shundaki, bu meni bezovta qildi, chunki men hech qachon hech kim haqida ortiqcha gapirmayman, ayniqsa o‘yindan oldin. Men har doim van Gal haqida katta hurmat bilan gapirganman.

«Que mira bobo? Anda pa a lla» («Nimaga qarab turibsan, ahmoq? Bu yerdan ket»), Vegxorstga qarata aytilgan gap haqida?

- To‘g‘risi, o‘sha paytda hayajonga tushdim, o‘zimni bunday ko‘rishni istamasdim. Men bu ibora virusga aylanishi mumkin deb o‘ylamagan edim. Juda qizg‘in va shiddatli o‘yin bo‘ldi, bu Argentina uchun hazil bo‘lib qolsin.

Argentinaning finaldagi o‘yini va Martinesning qo‘shimcha taymlardagi seyvlari haqida

— O‘ylaymanki, biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Bu birinchi marta kuzatilayotgan shiddatli uchrashuv emasdi, lekin Fransiya bilan jahon chempionati finali bo‘lganligi sababli, bu lahzani yanada muhimroq qiladi. Ko‘p o‘yinlarda biz shunday o‘ynadik, ammo bu jahon chempionatining hal qiluvchi pallasida bo‘lgani kabi muhim emas edi. Martinesning seyvlari esa shu qadar tez sodir bo‘ldiki, o‘sha paytda men aslida nima bo‘lganini his qilishga ulgurmadim, chunki biz darhol qarshi hujumga o‘tdik, Lautaro boshi bilan zarba berdi. Keyinchalik videoni tomosha qilganimda ko‘proq hayajonlandim. Bu holat tom ma’noda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ldi, hamma narsa juda tez va birdaniga sodir bo‘ldi ... Bu juda tez ediki, men bu haqda o‘ylashga ham vaqtim yo‘q edi. Keyinroq, uni qayta ko‘rganimda, aslida qanday ekanligini angladim. Martines bilan bo‘lgan lahza juda tez o‘tdi.

Nima uchun butun dunyo Argentina chempion bo‘lishini xohladi?

— Rostini aytsam, nega buni bilmayman. O‘ylaymanki, odamlar mening maqsadimga erishish uchun qilgan harakatimni ko‘rishdi. Ba’zi o‘yinlar ko‘pchilik uchun adolatsizlikdek tuyuldi. Natija bo‘yicha emas, ko‘p tanqidlar bo‘ldi, meni «cho‘ktirgan» jurnalistlar ko‘p uchradi. Meni yaxshi ko‘radigan va yaxshilik tilagan insonlar esa bahslardan doim zavq olishgan. Yaxshiyamki, ularning soni ko‘proq.

Jahon chempionati finalidan keyin Mbappe bilan uchrashuv haqida

— Biz Mbappe bilan o‘yin, bayramlar va men ta’tilda bo‘lgan kunlarda Argentinada odamlar qanday yashashi haqida gaplashdik. Boshqa hech narsa. Mag‘lub bo‘lgan odam bilan final haqida gapirish qiyinmi? — Men bunga e’tibor qaratishni, final mavzusini ko‘tarishni ham xohlamayman. Jahon chempionati bilan bog‘liq biror narsani muhokama qilishni xohlamadim. Lekin Kilian bilan umuman muammom yo‘q.

2026 yilgi jahon chempionatida o‘ynash haqida

- Bilmayman, yoshim tufayli u yerga borish juda qiyin bo‘lishini har doim aytganman. Men futbol o‘ynashni yaxshi ko‘raman va bundan zavqlanishda davom etaman. Ammo keyingi jahon chempionatiga hali ko‘p yillar bor. Lekin barchasi darajaga bog‘liq. 

Argentina terma jamoasini g‘alabani nishonlagani uchun tanqid qilish haqida

— Bu menga adolatsizlikdek tuyuladi, chunki bu haqiqatga mos kelmaydi. Hech kim bizga tekinga hech narsa bermagan, biz hamisha o‘zimizni namunali tutganmiz – maydonda ham, maydon tashqarisida ham. Gollandiya bilan o‘yinda sodir bo‘lgan voqea tufayligina bizni tanqid qilishyapti, deb o‘ylayman. Ammo o‘yindan oldin va o‘yin davomida, shuningdek, penaltilar seriyasida sodir bo‘lgan voqealar haqida hech kim hech narsa demayapti.

Ular bizni provokasiya qilishdi, penalti tepish arafasida turgan futbolchilarimizni qoralashdi, shoshqaloqlik qilishdi.

Kiritildi: 12:07, 04.02.2023.
O'qildi: 2145 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.