Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" Saloh bilan muzokaralarni boshladi

"PSJ" Saloh bilan muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

Misr terma jamoasi va "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliyadan Fransiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Goal.com portalining yozishicha, afrikalik futbolchiga parijliklar qiziqish bildirmoqda.

Manbaning qayd etishicha, "PSJ" rahbariyati futbolchi bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. O‘z navbatida, "Liverpul" hujumchiga yaxshi tovon puli taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor ekanligini bildirdi. Transfermarkt portali uning narxini 80 million yevroga baholamoqda.

Salohning "mersisaydliklar" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan. Misrlik futbolchi joriy mavsumda APLda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:38, 05.02.2023.
O'qildi: 1626 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик