Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

"PSJ" Ziyeshning amalga oshmay qolgan transferiga munosabat bildirdi

"PSJ" Ziyeshning amalga oshmay qolgan transferiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"PSJ" sport direktori Luish Kampushning aytishicha, klub yarim himoyachi Hakim Ziyeshni "Chelsi" bilan ijaraga olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan.

"Ziyesh? Biz hamma narsani qildik. Lekin, barcha transferlarda bo‘lgani kabi, uch tomon ham eng yuqori darajada ishlashi kerak. Buni "PSJ", Ziyeshning o‘zi amalga oshirdi, ammo, afsuski, oxirgi lahzada "Chelsi" barchasini barbod qildi", - dedi Kampush Telefoot bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, transfer oynasining so‘nggi kunida "Chelsi" va "PSJ" marokashlik futbolchini parijliklar safiga ijaraga o‘tkazish bo‘yicha kelishib olgandi, ammo muddati o‘tib ketgani uchun transfer amalga oshirilmadi. "PSJ" "Chelsi"ni Ziyeshning transferini buzganlikda aybladi, uning rahbariyati marokashlikni saqlab qolish uchun hujjatlarda xatolarga yo‘l qo‘ygan. Parij klubi apellyasiya arizasi bilan chiqdi, biroq u rad etildi.

Kiritildi: 16:13, 05.02.2023.
O'qildi: 1221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик