Kirish Ro'yxatdan o'tish

Turkiyadagi zilzila Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan klublarimizga zarar yetkazmadimi?

Turkiyadagi zilzila Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan klublarimizga zarar yetkazmadimi?

Baho:
+ | -

Bugun tong saharda Turkiyaning bir qator shaharlarida kuchli zilzila kuzatildi. Seysmologlarning ma’lumotiga qaraganda, 7,8 gacha bo‘lgan magnitudali yer silkinishi qayd etilgan.

Ma’lumki, Turkiyaning Antaliya shahrida ayni chog‘da O‘zbekistondan kelgan 14 ta klub va terma jamoalarimiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib bormoqdalar. Tabiiyki, bugungi kuchli zilziladan so‘ng xavotir bildirib, bizga ko‘plab qo‘ng‘iroqlar kelib tushmoqda.

Ma’lumot sifatida shuni aytmoqchimizki, Antaliya shahrida aytarli yer silkinishi kuzatilgani yo‘q va bu yerdagi barcha yurtdoshlarimiz sog‘-salomat. Biz uchun qayg‘urganlarga esa o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Shu o‘rinda boshqa shaharlardagi zilzila oqibatida vafot etganlarning yaqinlariga hamdardligimizni ma’lum qilamiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 14:27, 06.02.2023.
O'qildi: 3467 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик