Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Nevill: "Manchester Yunayted" bu yil APL chempioni bo‘ladi deb o‘ylamayman"

Nevill: "Manchester Yunayted" bu yil APL chempioni bo‘ladi deb o‘ylamayman"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Gari Nevill klubning joriy mavsumda APL chempionligi uchun kurashdagi istiqbollari haqida gapirdi.

"Men "Manchester Yunayted" Premyer-ligada g‘olib chiqadi deb o‘ylamayman. Menimcha, ular muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Eriksenning jarohati bilan bog‘liq vaziyat ham quvonch qo‘shmaydi. Ammo hozir hammasi yaxshi, ular kurashib, yana baxtli ko‘rinishda davom etmoqda, bu juda muhim.

To‘g‘risini aytsam, ular chempionlikni qo‘lga kiritishadi deb o‘ylamayman va hech qachon bunday deb o‘ylamagandim. Men "Manchester Siti"ning g‘alabasini bashorat qilgandim, ammo hozir ularning o‘rnida bo‘lsam, xavotirlanardim. "Manchester Yunayted" hozirda jonbozlik ko‘rsatmoqda, "Manchester Siti" esa biroz xira ko‘rinmoqda. Bir necha hafta oldin "Tottenxem" haqida ham shunday deyishim mumkin edi, ammo ular bu vaziyatdan chiqib ketishdi. "Manchester Siti" ham undan chiqib ketishi kerak.

"Manchester Yunayted" endi yaxlit va mustahkam ko‘rinmoqda, jamoa yuqoriga qarab harakat qilayotganga o‘xshaydi. Ular yaxshi holatda va bir necha haftadan so‘ng ularni Liga kubogi finalida "Nyukasl"ga qarshi muhim o‘yin kutib turibdi. Bu ikkala klub boshidan kechirganlari nuqtai nazaridan tavakkallarga boy ajoyib o‘yin bo‘ladi", - dedi Nevill Sky Sports bilan suhbatda.

Kiritildi: 20:53, 06.02.2023.
O'qildi: 1906 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.