Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Dzanyolo "Galatasaroy" bilan qancha muddatga shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Dzanyolo "Galatasaroy" bilan qancha muddatga shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanyoloning "Galatasaroy"ga o‘tishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, rimliklar o‘z futbolchisi uchun 20-22 million yevro olishadi. Turkiyada italiyalik futbolchi yiliga 3,5 million yevro maosh oladi, shartnoma 2027 yilgacha amal qiladi. Bundan tashqari, kelishuv 35 million yevroni tashkil etadigan kompensasiya miqdorini o‘z ichiga oladi.

Futbolchi seshanba kuni tushdan keyin Istanbulga uchib ketadi, shundan so‘ng shartnoma imzolanadi.

Eslatib o‘tamiz, Dzanyolo qishki transfer oynasiga "Bornmut", "Milan", "Lids" va "Tottenxem"ga o‘tishi mumkin edi, ammo turli sabablarga ko‘ra muzokaralar amalga oshmay qoldi. Futbolchi "bo‘rilar" rahbariyati bilan mojaro tufayli jamoadan chetlashtirildi, hatto rimliklar muxlislari tomonidan ham tahdidlar bo‘ldi. Turkiyada transfer oynasi 8 fevralgacha ochiq.

Kiritildi: 11:34, 07.02.2023.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.