Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Turkiyalik futbol murabbiyi zilzila oqibatida 15 nafar oila a’zosidan ayrildi

Turkiyalik futbol murabbiyi zilzila oqibatida 15 nafar oila a’zosidan ayrildi

Baho:
+ | -

Turkiyaning “Sivasspor” klubi yordamchi murabbiyi Ayxan Tenbeo‘glu zilzila oqibatida 15 nafar oila a’zosini yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Rizo Chalimbay Cumhuriyet nashriga bergan intervyusida gapirgan.

“Jamoa yordamchi murabbiylaridan biri Ayxan Tenbeo‘gluning Hatayda istiqomat qiluvchi ko‘plab qarindoshlari zilzila oqibatida vafot etganini bildik. Unga qo‘ng‘iroq qildim va 15 nafar oila a’zosidan ajralib qolgani haqida bildim. Uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, — deydi Chalimbay.

Qayd etilishicha, voleybol bo‘yicha “Hatay” ayollar klubining 14 nafar vakili bedarak yo‘qolgan, shuningdek, “Belediyespor” voleybol jamoasining uch nafar a’zosi ham vayronalar ostida qolgan, ularning ikki nafari qutqarib olingan. Kaxramanmarashdagi kurash arenasi qulab tushgan, u yerda 30—40 nafarga yaqin yosh sportchilar bo‘lgan va ularning taqdiri noma’lum bo‘lib turibdi.

Avvalroq “Malatyaspor” futbol klubi darvozaboni Ayyub Turkaslan zilzila oqibatida vafot etgandi. Zilzila markazlaridan biri bo‘lgan Hatay viloyatining “Hatayspor” klubining 4 nafar futbolchisi va murabbiylar shtabining ikki vakili xarobalar ostidan qutqarib olingani xabar qilingandi. Klubning legioner futbolchisi, “Chelsi” sobiq o‘yinchisi Kristian Atsu ham qutqarilgan.

Shuningdek, Kaxramanmarashdagi xalqaro musobaqada qatnashish uchun borgan o‘zbekistonlik yosh kurashchilar zilzila epitsentridan olib ketilgan va Anqara—Istanbul—Toshkent reysi bilan O‘zbekistonga qaytib kelishi ma’lum bo‘lgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:13, 07.02.2023.
O'qildi: 1983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.