Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Andijon" himoyachisi qur’a, Antaliyadagi yig‘in va tarkibdagi o‘zgarishlar haqida nimalar dedi?

"Andijon" himoyachisi qur’a, Antaliyadagi yig‘in va tarkibdagi o‘zgarishlar haqida nimalar dedi?

Baho:
+ | -

“Andijon” tarkibida ko‘pni ko‘rgan, mahoratli futbolchilar to‘p surishyapti. Ulardan biri shubhasiz Ildar Mamatkazin bo‘lib, o‘tgan mavsumda jamoaning pro ligadan Superligaga qaytishida katta hissasini qo‘shdi.

U sardor sifatida o‘zini ko‘rsatdi va yilning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Ayni chog‘da Ildar Antaliyada yangi mavsum uchun astoydil tayyorlanmoqda.

Kecha Superliga uchun qur’a tashlangach, Mamatkazinni suhbatga tortdik.

- Yangi mavsum uchun qur’a tashlandi. Bundan nimani kutgandingiz?

- Bizga kimga qarshi o‘ynashning farqi yo‘q. Baribir ertami-kechmi, barcha jamoa bilan o‘ynaymiz. Faqat uyda o‘ynashni xohlagandim. Ya’ni, ilk turni muxlislarimiz ko‘z o‘ngida o‘tkazish istagida edik. Ammo stadionimiz ta’mirlanyapti. Mayli, safarda bo‘lsa ham biz yaxshi natijalar ko‘rsatishga harakat qilamiz. Ha, chempionatning ilk turini “Nasaf”ga qarshi o‘tkazamiz va oson bo‘lmaydi. Hamma biladi, bu yaxshi jamoa.

- Qur’adan avval qaysi raqibni o‘ylagandingiz?

- “Qizilqum” yoki “So‘g‘diyona” jamoasi tushadi, deb o‘ylagandim. O‘zinglar ko‘rdinglar, “Nasaf” to‘g‘ri keldi. Yaxshi natijaga erishish uchun qattiq kurashamiz. Yaxshi tayyorgarlik olib boryapmiz. Endi murabbiylar raqibni ham o‘rganib chiqishni boshlashadi.

- Shaxsiy fikringizcha, “Nasaf”ning asosiy kuchi nimada? Raqibni qanday yengish mumkin? Har qalay bu jamoada oldin to‘p surgansiz va yaxshi bilasiz.

- “Nasaf”ning asosiy quroli – bu jamoaviy o‘yin. Ko‘proq jamoaviy o‘yinga e’tibor qaratadi. 3-4 yildan beri bitta tarkib bilan harakat qilib kelyapti. O‘yinchilari bir-birini yaxshi tushunadi. O‘yini shakllangan. Bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ko‘proq taktikaga ham e’tibor beradi. Bu – futbol. Biz ham u yerga shunchaki bormaymiz, bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Murabbiylarimiz ham to‘g‘ri taktika tanlashadi. Jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. To‘g‘ri taktika tanlansa, har qanday raqibga qarshi o‘ynasa va yaxshi natijaga erishsa bo‘ladi. Murabbiylarimiz shuning ustida ish olib boradilar. Albatta, imkoniyatimiz bor. 1-tur uchrashuvigacha biroz vaqt bor. Endi bor e’tiborni bo‘lajak o‘yinga qaratamiz.

- Jamoaning kayfiyati va muhit qanday? Antaliyadagi yig‘inda asosiy e’tibor nimaga qaratilyapti?

- Bundan avval Dukentda shug‘ullandik. U yerda asosiy yuklamalar olindi. Bu yerga kelganimizda dastlabki 3-4 kun davomida yana yuklamalar oldik va o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdik. Katta “nagruzka” olib o‘yinga chiqish har qanday futbolchiga qiyinchilik tug‘diradi. Hozir yana o‘yinlar bo‘ladi va har xil taktikalar ustida ishlayapmiz. Yangi o‘yinchilar ham kelgan. O‘z o‘yinimizni shakllantiramiz. Jamoamizda muhit a’lo darajada. Barcha futbolchilar inoq hamda bir-birini qo‘llab-quvvatlashyapti. Mashg‘ulotlarimiz ancha quvnoq va qiziqarli kechyapti. Muhit yaxshiligidan olayotgan “nagruzka”larimiz ham unchalik sezilmayapti. Shunday ruhda davom etamiz.

- O‘tgan yili ham “Andijon” Antaliyada yig‘in o‘tkazgandi va bu chempionat mobaynida ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Bu safargi yig‘indan so‘ng chempionatga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi, deb o‘ylaysiz?

- O‘tgan yili ham kuchli raqiblarga qarshi o‘ynaganmiz. Antaliyada yaxshi sharoitlar bor. Maydonlar sifati zo‘r va raqiblar ham ajoyib. Futbolchilar uchun barcha narsa mavjud. Qanchalik foyda berishini mavsum boshlanganida bilamiz. Lekin baribir ijobiy tarafdan katta ta’siri bo‘ladi. Asta-sekin jamoaviy o‘yinni shakllantirishga ko‘proq urg‘u berilyapti. O‘rtoqlik uchrashuvlarida yangi kelgan futbolchilar tezroq jamoamizga kirishib ketsa, ancha yaxshi bo‘ladi.

- Tarkib chindan ham yangi ijrochilar evaziga yanada kuchaytirilyapti. Seleksiya ishlaridan qanchalik qoniqyapsiz?

- Legionerlarning yaxshi saviyada ekanligi bilinib turibdi. Jismoniy tayyorgarlik ustida ham ishlashyapti. Albatta, ularning yordami tegadi. Boshqa kelgan o‘yinchilar ham “Andijon”ning g‘alabalariga o‘z hissasini qo‘shishlariga ishonaman.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 11:36, 08.02.2023.
O'qildi: 1253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик