Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter 1-2 Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

Pep Gvardiolaning faoliyati davomida ishlatgan eng kulgili bahonalari

Pep Gvardiolaning faoliyati davomida ishlatgan eng kulgili bahonalari

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" ko‘pincha g‘alaba qozonadi. Yutqazgan taqdirda ham Gvardiola ko‘p ham bahonalar qilmaydi, birovlarni ayblamaydi. Ammo ispaniyalik mutaxassisning ayrim paytlari ishlatgan bahonalari shunchalik g‘alatiki, uni eshitgan odam beixtiyor kulib yuboradi. Garchand o‘ziga xos va g‘alati xarakterga ega bo‘lsada, Gvardiolani ko‘pchilik hurmat qiladi. Ammo "Manchester Siti" ochko yo‘qota boshlasa, uning harakatlari va gaplari yanada "jinnicha" tus oladi. Quyida Gvardiola tomonidan ishlatilgan eng kulgili bahonalar haqida so‘z boradi.

Poyezd

Yaqin vaqtlar ichida Manchester va London orasini poyezd orqali bosib o‘tganlar biladiki, bu transport borasida anchagina muammolar bor. Gvardiola esa bu muammodan mohirona foydalandi. U o‘z jamoasining "Tottenxem"ga yutqizig‘ini Londonga kelish bilan bog‘liq muammolar bilan haspo‘shlashga urindi. U shunday deydi: Biz endi yana Manchesterga qaytib ketishimiz kerak. Bilasizmi, Londonga kelib-ketish juda qiyin bo‘lib qolgan. 4 soat va 20 daqiqa yo‘lda yurdik. Yana shuncha vaqt mehmonxonaga joylashish uchun ketdi. Bu yerga kelish insonni holdan toydiradi".

To‘p – Mitre

"Manchester Siti" 2017 yilgi liga kubogi bahsida "Vulverxempton" bilan to‘qnash keladi. O‘yin o‘ta og‘ir kechib, nursiz durang bilan tugaydi. O‘shanda bu natija sababi qilib Gvardiola o‘yinda qo‘llanilayotgan to‘p ishlab chiqaruvchisi(Mitre)ni aybdor qilgandi. U shunday deydi: "Buni qabul qilib bo‘lmaydi. To‘p yuqori darajadagi musobaqa uchun umuman yaroqsiz. Uning rangi o‘ta yorqin. Futbolchilarim ham buni tasdiqlashdi. Ular to‘pni tepishga qiynaldi. Chunki u haddan tashqari yengil".

Chim

"Kristal Pelas" bilan o‘yinlarning birida durang qayd etgach, Gvardiola bunda "Selxurst Park"ning chimini aybdor qilgandi. O‘shanda ispaniyalik mutaxassis: "Biz g‘alaba uchun harakat qildik. Raqibdan ko‘proq imkoniyatlar yaratdik va o‘yinni nazorat qildik. Lekin stadionning chimi qoniqarli emasdi. Bu bizga katta muammo tug‘dirdi" degandi.

Yetarlicha futbolchi yo‘q

Gvardiolaning davrida "Manchester Siti" juda boy klub sifatida e’tirof etilib keldi. Ammo shunda ham u futbolchilar kamligidan noligandi. Pep "Byornli" bilan durangdan keyin shunday degandi: "Men oltitadan ortiq futbolchini tanlay olmasdim. Chunki bizda shundan boshqa o‘yinchi yo‘q edi". Nima ham derdik, bu gapga ham ishonganmiz...

Klopp

Yurgan Kloppning "Liverpul"i "Manchester Siti" uchun eng kuchli raqib sanaladi. Shu sabab Gvardiola Klopp bahonalaridan ham unumli foydalangan. U 2021 yilning fevralida mersisaydliklarga qarshi bahsdan oldin shunday deydi: "Men futbolchilarimdan nolishimga to‘g‘ri kelsa, bahona topishim kerak. Bahona esa sizni olg‘a borishdan mosuvo qiladi. Bahonalar futboldagi eng yomon narsa. Men boshqalar aytgan gapga munosabat bildirmayapman. Yurgen o‘z so‘zlarini nima maqsadda aytganini ham bilmayman. Buni o‘zidan so‘rang yoki yakshanba kuni undan o‘zim so‘rab ko‘raman".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 19:25, 08.02.2023.
O'qildi: 6073 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.