Turkiyaning «Adana Demirspor» klubining norvegiyalik futbolchisi Fredrik Gulbrandsen Turkiyadagi zilziladan qanday omon qolganini aytib berdi.
«Men hali ham shokdaman. Adanada yer larzaga kelgan 6 fevral kuni qanday qo‘rqib ketganimni so‘z bilan tasvirlab berolmayman. Men 15 qavatli binoning yuqori qavatida uxladim va qachondir o‘lishimga ishonchim komil edi.
Men pastimdagi polning yiqilib ketishiga ishongandim, haligacha binoning turganiga ishonmayman.
Turkiyada faqat bir tur o‘yinlari qoldirildi! Ko‘p odamlar o‘z hayotlari uchun kurashayotgan bir paytda biz tez orada futbol o‘ynashimiz kerakligi absurd.
Menda o‘sha kechaning dahshatli xotiralari bor. Siyosatchilar bu odamlarga qanday ta’sir qilganini tushunishmaydi», — dedi futbolchi.