Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

APL. Mavsumning eng qimmat, ammo omadsiz transferlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa

APL. Mavsumning eng qimmat, ammo omadsiz transferlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa

Baho:
+ | -

"Chelsi" va "Manchester Siti"ning ayrim qarorlari noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Ushbu klublar tomonidan yozda amalga oshirilgan transferlar o‘zini oqlamadi. Balki bunday deyishga hali biroz ertdadir. Ammo mavsum davomida Mark Kukurelya va Kalvin Fillips borasida shunday taassurot uyg‘ondi. Ushbu juftlik 2022 yilning yozida gigant klublar safiga kelib qo‘shilgandi. Ammo o‘zlarining "Brayton" (Kukurelya) va "Lids" (Fillips)dagi darajasini ko‘rsata olmadi.

Fillips va Kukurelya yolg‘iz emaslar. Xuddi ular kabi "Everton"dan katta umidlar bilan "Tottenxem"ga yo‘l olgan Risharlison ham o‘z o‘rnini topa olmay qoldi. Braziliyalik hujumchi yozda 60 million funt evaziga xarid qilingandi.
Kukurelya kabi "Chelsi"dagi muhitga moslashish borasida qiyinchilikka duch kelganlar ichida Raxim Sterling va Kalidu Kulibalilar ham bor. Albatta, bu voqealar "Chelsi"ning omadsizliklari fonida ro‘y berdi va jamoa hozir 9 o‘rinni egallab turibdi.

Yozda "Chelsi" tarbiyalanuvchisi Billi Gilmor "Brayton"ga sotib yuborilgan edi. Ammo u "chag‘alaylar" safida nimalarga qodir ekanini isbotlay olmadi.
Omadsiz transferlar faqatgina Angliya ichida amalga oshirilmadi. "MYU"ning Niderlandiyadan sotib olgan futbolchisi bunga yana bir misol bo‘la oladi. O‘tgan yozda "Ayaks" Antoni evaziga "qizil iblislar"dan 85 million funt olgandi. Ammo braziliyalik hujumchi o‘zidan kutilgan natijani bera olgani yo‘q.

"Vest Xem" xarid qilgan qanot himoyachisi Tilo Kerer Sharqiy Londonda ancha qiynalmoqda. U o‘zining debyut o‘yinida "Tottenxem"ga qarshi penaltiga sababchi bo‘lgandi. Qolaversa, avto-gol sohibiga aylangan.
Duje Chaleta-Sar "Sautgempton"ga kelgandan beri yuqoridagiga o‘xshash muammolarni boshdan kechirmoqda. Himoyachi yangi jamoasi bilan APLdan tushib ketish xavfi ostida qolgan.
"Bornmut" darvozaboni Neto "Barselona"dan katta umidlar bilan sotib olinganiga qaramasdan, "olchalar" turnir jadvalining so‘nggi uchtaligida qolib ketmoqda. Demak, u ham omadsiz xaridga kiradi.
Shuningdek, Chaleta-Sarning jamoadoshi, yarim himoyachi Aribodan ham katta natijalar kutilgandi. U 2021-22 yilgi mavsumda "Reynjers" bilan Yevropa ligasi finaliga qadar yetib borga olgan.

Xo‘sh, yuqorida barcha o‘n bir futbolchi nomi keltirildi. Endi ularni tartiblab chiqamiz. Demak, mavsumning eng omadsiz transferlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa quyidagicha ko‘rinish oladi:

Darvozada: Neto;
Himoyachilar: Kulibali, Chaleta-Sar, Kukurelya, Kerer;
Tayanch yarim himoyachilari: Fillips, Gilmor;
Yarim himoyada: Aribo;
Qanotlarda: Sterling, Antoni;
Hujumda: Risharlison.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:00, 10.02.2023.
O'qildi: 3407 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик