Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Timur Kapadze: “Bu mavsum avvalgisidan ancha qiziqarli o‘tadi”

Timur Kapadze: “Bu mavsum avvalgisidan ancha qiziqarli o‘tadi”

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining asosini tashkil etgan “Olimpik” klubi Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu yil “olimpiyachilar”ni mas’uliyatli musobaqalar qatori Superliga ham kutib turibdi. Qur’aga ko‘ra, MOQ qoshida tashkil etilgan jamoa birinchi turni amaldagi chempion “Paxtakor”ga qarshi boshlaydi. Boz ustiga, ushbu bahs yangi mavsumning ochilish o‘yini ekani nafaqat jamoa muxlislari, butun o‘zbek futboli ishqibozlarining diqqat-markazida bo‘ladi. E’tiboringizga klub bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan yangi mavsum haqidagi suhbatni havola qilamiz:

– Chempionatni “Paxtakor” bilan boshlash qanday ahamiyat kasb etadi?
– Qur’aga ko‘ra, birinchi turdan "sherlar" bilan duch keldik. "Paxtakor" hozirda O‘zbekistonning eng kuchli jamoasi ekanini amalda isbotladi. Ushbu klub bilan o‘ynash har bir jamoaga qiyin. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, chiroyli futbol namoyish etishga harakat qilamiz. Eng asosiysi, birinchi turdanoq imkoniyatlarimizni chamalab ko‘rish nuqtai nazaridan biz uchun juda foydali bahs bo‘ladi.

– Yangi mavsumdan nimalar kutmoqdasiz?
– Fikrimcha, bu mavsum oldingisidan ancha qiziqarli o‘tadi. Negaki, barcha jamoalar avvalgiga qaraganda yanayam kuchaydi va o‘sdi. Shunday ekan, har bir tur o‘yinlari yuqori tempda, yaxshi saviyadagi uchrashuvlarga boy bo‘ladi, deb o‘ylayman.

– Joriy yil ham Osiyo o‘yinlari, ham ichki chempionat bahslari va turli o‘rtoqlik turnirlari bor. Bu bilan yigitlar jismonan qiynalib qolmaydimi?
– Menimcha, hammasi joyida va bunday muammo bo‘lmaydi. Aksincha, bolalar hali yosh. Ularga shunday bo‘lgani yaxshi. Bu yigitlarning yanada o‘sishiga, tajriba to‘plashiga poydevor bo‘ladi. Osiyo o‘yinlari sentyabr-oktyabr oylarida o‘tadi. Ungacha hali ancha vaqt bor. Shuningdek, o‘yinlar taqvimi ham zich emas.

– FIFA kunlari doirasida Marokashda o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etishimiz rasman tasdiqlandi. Afrikadagi turnir bizga nima beradi? Bu taklif kimdan chiqdi?
– Taklif mezbonlardan chiqdi va biz bunga rozi bo‘ldik. Bunday fursatdan unumli foydalanib qolish kerak. Marokashga borib, Afrikaning kuchli jamoalariga qarshi o‘ynash, ular bilan tajriba almashish, kuchimizni sinab ko‘rish biz uchun ancha foydali.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 22-28 mart kunlari Marokashdagi xalqaro o‘rtoqlik turnirida Togo, Kot d‘Ivuar va mezbonlar bilan bahs olib boradi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 14:22, 10.02.2023.
O'qildi: 1769 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.