Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

"MYU"ni sotib olish uchun qonuniy talabgorlar soni beshta

"MYU"ni sotib olish uchun qonuniy talabgorlar soni beshta

Baho:
+ | -

AQSHning eng boy oilalaridan biri bo‘lgan Gleyzerlar yigirma yilga yaqin davrdan buyon "Manchester Yunayted"ga egalik qilib kelayotgan edi. Bundan bir necha oy oldin ular klubni sotuvga qo‘yilishini ma’lum qildi. Ayni damda xaridorlarning ichida beshtasi o‘ta jiddiy nomzod sifatida qaralmoqda. Quyida ularning kim ekaniga to‘xtalib o‘tamiz.

"Qizil iblislar" Gleyzerlar tomonidan noyabr oyidayoq sotuvga qo‘yilgan. Ungacha esa jamoa muxlislari tomonidan uzoq vaqt davomida norozilik namoyishlari o‘tkazib kelinayotgandi. Savdoni olib borishi belgilangan Qo‘shma Shtatlarnibg "Raine" banki xaridorlar uchun 17 fevralga qadar vaqt berdi. Demak, yana olti kun ichida da’vogarlar o‘zlarining yakuniy takliflarini bildirishi kerak.
Ular ichida Britaniyaning eng boy kishisi sanalgan Ser Jim Retkliff ham bor. Joriy haftaning boshida qatarlik boylar ham kurashga qo‘shilgandi. "Mail" nashri bergan xabarda aytilishicha, klub uchun beshta qonuniy talabgorlar mavjud.

Xususan, Redkliff "Manchester Yunayted"ni sotib olish uchun Uoll Stritda katta qudratga ega bo‘lgan "JP Morgan" va "Goldman Sachs" banklaridan yordam so‘radi. Biroq, qatarliklarning taklif etadigan puli ko‘proq bo‘lishi va bu Gleyzerlarni o‘ziga jalb qilishi aytilgan. Shuni ham ta’kidlash kerakki, "MYU"ga qiziqish bildirgan Qatar kompaniyasi hech qanaqasiga "PSJ"ga egalik qiladigan "Qatari Sports Investment" guruhiga aloqasi yo‘q. Shu sababdan ular o‘zlarini bu poygada yutib chiqishiga ishonmoqda.
Bu kurashda, shuningdek, bir nechta Saudiya Arabistoni kompaniyalari ham mavjud. Ammo ularning hech biri "Nyukasl"ga egalik qiluvchi guruhga affillanmagan. Noyabr oyida "MYU" afsonasi Devid Bekxem ham o‘zining sevimli jamoasini sotib olishga harakat qilgandi. Eski xaridorlar ichida "Apple" hamda ispan konglomerati Amansio Ortega ham bor edi.

Gleyzerlar 20 marta Angliya chempioni bo‘lgan jamoa uchun 6 milliard funt atrofida pul olishni istaydi. Biroq, da’vogarlar tomonidan beriladigan 4,1 dan 4,5 milliard funtgacha bo‘lgan takliflar qabul qilinishi mumkin. Kimki klubni sotib olsa, yana 2 milliard funtni "Old Trafford" va Karringtonni yangilash va yaxshilash uchun ishlatishi shart. Chunki infratuzilma masalasi hozir eng keskin va muhim masala bo‘lib turibdi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:31, 11.02.2023.
O'qildi: 3211 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик