"Brentford" darvozaboni Devid Rayya "Chelsi"ning nishoniga tushdi, deb xabar beradi The Telegraph.
London klubi yozgi transfer oynasida ispaniyalik darvozabon bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Unga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" ham da’vogarlik qilmoqda.
Rayyaning "Brentford" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga yetadi. Klub allaqachon darvozabonga shartnomani uzaytirishni taklif qilgan, biroq rad javobi berilgan.
27 yoshli Rayya joriy mavsumda barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, “Brentford” safida 30 ta gol o‘tkazib yuborgan.