Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

«Navbahor» «Ufa» bilan durang o‘ynadi

«Navbahor» «Ufa» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, «Navbahor» ayni paytda Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Mazkur yig‘in doirasidagi navbatdagi nazorat-sinov bahsini “Navbahor” bugun Rossiyaning “Ufa” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvning 1-bo‘limida darvozalarga to‘p kiritilmadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobidagi durang natija bilan yo‘l oldi.

Bahsning 2-bo‘limida har ikki klubning zaxiradan maydonga tushgan futbolchilari gol urishdi. Uchrashuvning 68-daqiqasida namanganliklarning mahoratli hujumchisi Jasur Yaxshiboyev hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqada ufaliklarning kolumbiyalik forvardi Dilan Ortis “Navbahor” darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi hamda ushbu o‘yinning 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlanishini ta’minladi.

O‘z navbatida uchrashuvning 48-daqiqasida jamoamizning tajribali himoyachisi Davronbek Hoshimov qizil kartochka olib, maydondan chetlatilganligini ham ta’kidlash joiz.

“Lochinlar” Turkiya yig‘ini doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik bahsini 16 fevral kuni Rossiyaning “Baltika” klubiga qarshi o‘tkazishni rejalashtirishgan.

Nazorat o‘yini
“Navbahor” – “Ufa” – 1:1 (0:0)
Gollar: Jasur Yaxshiboyev (68) – Dilan Ortis (75-pen.).
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Davronbek Hoshimov, Igor Golban, Milosh Milovich, Luka Chermel, Oston O‘runov, Jamshid Iskanderov, Abror Ismoilov, Yovan Jokich, Asadbek Sobirjonov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Jasur Yaxshiboyev, Jamshid Boltaboyev, Ibrohim Yo‘ldoshev, Shahboz Jo‘rabekov, Farrux Ikromov.
“Ufa”: Ivan Kukushkin, Lev Ushaxin, Erving Botaka, Aleksandr Suxov, Egash Kasintura, Andrey Nikitin, Danila Yemelyanov, Artyom Pogosov, Artyom Golubev, Aleksey Yevseev, Roman Minayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilan Ortis, Ketelin Karp va “Ufa” ko‘rigida bo‘lgan 4 nafar yangi futbolchilar.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:58, 12.02.2023.
O'qildi: 1151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик