Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Aleksandr Xomyakov: "Yomon emas, vaziyatlar yaratdik"

Aleksandr Xomyakov: "Yomon emas, vaziyatlar yaratdik"

Baho:
+ | -

“Andijon”ning “Samtredia” (Gruziya)ga qarshi darvozalar daxlsiz qolgan uchrashuvidan keyin bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov o‘yin va raqib haqida gapirdi.

-  “Andijon” bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazib, dastlabkisida 5:1 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchisida durang o‘ynadi. Bu o‘yinlar sizda qanday taassurot qoldirdi?

-  Vazifa qiyin edi. Shu bois hal qilinishi kerak bo‘lgan o‘zimiz xohlaganimizning barchasi amalga oshmadi. Lekin yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Raqib a’zolari himoyada qattiq turishdi. Ikki bor yo‘llagan zarbamiz to‘singa tegib qaytdi. Umuman olganda, yaxshi natija bo‘ldi, o‘yindan qoniqdim.

-  Raqib qanday? Siz o‘ylaganchalik kuchlimidi yoki...

-  Raqib ham o‘z vazifasini bajardi. O‘ziga xos jamoa ekan. Bizni uzoq pressingda ushlab turdi. Biz oldinga o‘tishga harakat qildik. Yomon emas, vaziyatlar yaratdik. O‘yin davomida hujumlarimiz to‘liq oxirigacha yetib bordi, faqat so‘nggi nuqtani qo‘yishda aniqlik yetishmadi. Biz ko‘proq raqib jarima maydoni tomonida harakatlandik. Birgina vaziyatlarni tezkorlik bilan nihoyalash kamlik qildi. Yana qaytaraman: yaxshi bahs bo‘ldi, raqib ham yaxshi ekan.

-  O‘zingiz uchun asosiy tarkibni aniqlab oldingizmi?

-  Hozircha asosiy tarkibni aniqlaganimiz yo‘q. Har bir futbolchi katta e’tiborimizda. Ishonch bildirayotgan o‘yinchilar borasida tezroq bir qarorga kelishimiz kerak. Hozir jarayon davom etmoqda. Lekin barchasidan umidim katta.


"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 01:55, 13.02.2023.
O'qildi: 1065 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик