Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

2023 yilning eng katta maoshga ega futbolchilar beshligi

2023 yilning eng katta maoshga ega futbolchilar beshligi

Baho:
+1 | -

Bugungi kunga kelib, professional futbolchi bo‘lish katta foyda keltiradigan kasbga aylangan. Dunyoning "Chelsi", "Liverpul", "Real", "PSJ" kabi klublari yulduzlarga yirik shartnomalar taklif etish orqali ularni o‘zlarida ushlab turishadi. Yaqin yillar ichida futbol biznes bilan qorishib ketdi. Shu sababli o‘yinchilarning maoshlari ham keskin oshdi. Bu jarayon, ayniqsa, futbol maydoniga neft magnatlari va oligarxlar kirib kelganidan keyin juda ham kuchayib ketdi. Futbolchilar, shuningdek, katta-katta kompaniyalar bilan hamkorlik qilish orqali ham yiliga katta pul ishlab olishadi. Quyida, ana shunday, 2023 yilda eng ko‘p maosh olayotgan besh futbolchini bilib olasiz.

5. Muhammad Saloh – 39.5 million dollar (24.5 millioni maosh, 15 millioni tijoriy hamkorlikdan)

Salohning sayyoramizdagi eng mohir hujumchilardan ekani, hech kimga sir emas. Bu omil uning maoshlarida ham o‘z aksini topadi. U 2022 yilning avgust oyida "Liverpul" bilan haftasiga 350 ming funtlik yangi bitim tuzgandi. Misrlik futbolchi o‘z mavqeyi sababli "Adidas", "Pepsi", "Vodofone", "Uber" kabi yirik korporasiyalar bilan tijoriy hamkorlikni ham yo‘lga qo‘ygan.
Ayni damda Saloh, sport formasida emas. Ammo 30 yoshli hujumchi yana katta sahnaga qaytadi. Buni inkor etib bo‘lmaydi.

4. Neymar – 91 million dollar (56 millioni maosh, 35 millioni tijoriy hamkorlikdan)

 

Demak, yiriklariga o‘tamiz. Hozir aytiladigan to‘rt futbolchi nomi qolganlariga qaraganda mashhurroq va shunga yarasha ular sport sohasidagi eng yirik maosh egalaridir. Neymar bu nomlar ichida avvalroq yangraydi. Bu futbolchi dunyoning eng yaxshi maoshiga ega uchinchi futbolchisidir. Neymar "PSJ" safida ham bu borada uchinchi o‘rinni egallaydi. Uning "NFT" kompaniyasi bilan qiladigan hamkorligi, kriptovalyuta bilan bog‘liq va bu narsa futbolchiga katta moliyaviy foyda keltirmoqda.

3. Lionel Messi – 110 million dollar (62 millioni maosh, 48 millioni tijoriy hamkorlikdan)

Bir paytlar maosh olish borasida Messi yetakchilik qilardi. Ammo hozir u ro‘yxatimizda uchinchi o‘ringa tushib qolgan. Shunga qaramay, tijorat borasida Messining omadi chopgan. U telekompaniyalar, sport magnatlari, ichimlik va pivo ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, videoo‘yin kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. Messining Jahon chempioni bo‘lishi bu boradagi ishlarni yanada gurkiratib yubordi. Yaqin orada uning tijorat borasidagi daromadlari yanada oshadi.

2. Kilian Mbappe – 125 million dollar (105 millioni maosh, 20 millioni tijoriy hamkorlikdan)

Mbappe New York Times nashriga bergan intervyusida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning shaxsan o‘zi unga "PSJ"da qolishni so‘ragani haqida bildirgandi. Albatta, bunday iltimosni yerda qoldirib bo‘lmaydi. Shuningdek, "PSJ" beradigan yillik, 105 million dollarni ham...

1. Krishtianu Ronaldu – 208.6 million dollar (74.6 millioni maosh, 133.84 millioni tijoriy hamkorlikdan)

Ha, bunga alqbovar qilmaydi. Ammo Ronaldu o‘z daromadlarining katta qismini maosh sabab emas, tijorat ortidan topadi. Uning "An-Nasr" bilan tuzgan bitimi, Ronalduni eng boy futbolchiga aylantirgan. Undan oldin ham boy ediku, dersiz. Ammo "MYU"da Ronaldu arabistonliklar bergan pulni olmasdi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 10:58, 13.02.2023.
O'qildi: 6464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик