Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 05:00 Nottingem Forest - Brentford
26/04 16:30 Chelsi 1-0 Everton
26/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-0 Xorazm
26/04 19:00 Mash’al 0-0 Surxon
26/04 19:00 Brayton 3-2 Vest Xem
26/04 19:00 Nyukasl 3-0 Ipsvich
26/04 19:00 Sautgempton 1-2 Fulhem
26/04 19:00 Vulverhempton 3-0 Lester
26/04 20:15 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
27/04 00:30 An-Nasr (SA) 4-1 Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya - Milan
27/04 15:30 Komo - Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina - Empoli
27/04 18:00 Inter - Roma
27/04 18:00 Navbahor - Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor - Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut - Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal - Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul - Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus - Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino
28/04 19:00 Bunyodkor - OKMK
28/04 21:30 Udineze - Bolonya
28/04 23:45 Verona - Kalyari
28/04 23:45 Lasio - Parma

“Buxoro” Liga tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarishga kirishdi

“Buxoro” Liga tomonidan qo‘yilgan talablarni bajarishga kirishdi

Baho:
+ | -

8-fevral kuni “Buxoro” futbol klubi bosh direktori O‘tkir Qodirov hamda klub buxgalteri 2023-yilgi mavsum uchun smetani kelishish maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasida bo‘ldi. Yig‘ilish davomida Liga “Buxoro” futbol klubi infratuzilmasi yuzasidan o‘z takliflarini kiritdi va faqatgina shu asos bilan yangi futbolchilar ro‘yxatdan o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Natijada “Buxoro” smetasiga qisman o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, yaqindagina yangilangan “Buxoro sport majmuasi” maydoni parvarishi uchun smeta doirasida mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Nafaqat majmuada, balki viloyat miqyosida ham futbol maydonini parvarish qilish uchun mo‘ljallangan texnika yo‘q ekanligidan kelib chiqib, futbol klubi mazkur faoliyatga ixtisoslashgan tashkilot bilan rasmiy kelishuv imzoladi. Kelishuv doirasida tashkilot “Buxoro sport majmuasi” hamda “Umid” stadioni maysasi parvarishi bilan 2023-yil so‘ngiga qadar mashg‘ul bo‘ladi (mazkur tashkilot maydonni hozirgi ko‘rinishga keltirgan va uni 2022-yilgi O‘zbekiston kubogining final o‘yiniga qadar tayyorlagan). Bunda mahalliy mutaxassislar ish o‘rganish uchun yollanma tashkilotga biriktiriladi. 2024-yilgi mavsumga qadar klub yoki viloyat hokimligi Buxorodagi maydonlarni parvarish qilish imkonini beruvchi texnika xarid qilgach, mahalliy agronomlar keyinchalik yollanma tashkilosiz ham futbol maydonlari parvarishi bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Shuningdek, smeta doirasida “Buxoro” futbol klubi “Umid” stadioni kiyim almashtirish, yuvinish xonalari, inspektor hamda videotasvirchilar uchun mo‘ljallangan hududlarni qayta ta’mirdan chiqarish ishlarini boshladi. Liga talabi bilan ishdan chiqqan barcha texnika olib chiqildi. Mavsum startiga qadar Buxoro neftni qayta ishlash zavodining amaliy yordami bilan yuqorida sanab o‘tilgan hududlar ta’mirdan chiqariladi. Zavod 2024-yilgi mavsumga qadar “Umid” stadionining drenaj va sug‘orish tizimi, maysasini yangilash bo‘yicha kafolat xati ham taqdim etdi.

Endilikda buxorolik futbol muxlislari 2023-yilgi mavsum davomida sifatli futbol namoyish etish imkonini beruvchi, mutaxassislar tomonidan parvarishlab boriladigan futbol maydonida rasmiy uchrashuvlar tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, klubning U21 va U19 jamoalari to‘p suradigan stadioni normal ko‘rinishga keladi. 2024-yildan boshlab esa bu yerda ham sifatli futbol maydoni bo‘ladi.

Liganing mazkur talabini to‘g‘ri talqin qilgani hamda “Buxoro” futbol klubiga katta yordam berayotgani uchun O‘zbekiston Professional futbol ligasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi rahbariyatiga minnatdorchilik bildiradi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 14:32, 13.02.2023.
O'qildi: 1501 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz