Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Krishtianu Ronalduning "MYU"dagi so‘nggi o‘yinidan keyingi APL jadvali

Krishtianu Ronalduning "MYU"dagi so‘nggi o‘yinidan keyingi APL jadvali

Baho:
+ | -

Ronaldu "Manchester "Yunayted" safini 2022 yilning noyabr oyida tark etgandi. O‘shandan beri bu jamoa o‘zgarib, mahsuldor o‘yin ko‘rsata boshladi. Aytish mumkinki, "MYU"dagilar Ronalduni sog‘inishayotgani yo‘q. Portugaliyalik yulduz "qizil iblislar" safida so‘nggi marta noyabrning boshida ko‘rinish beradi. Ronaldu "Aston Villa" bilan o‘shanda to‘liq to‘qson daqiqa o‘ynagandi. Biroq, uning jamoasi 3-1 hisobida mag‘lubiyatga uchraydi. O‘sha voqeadan bir necha kun o‘tib, hujumchi, Pirs Morgan bilan intervyu uyushtirib, hamma gapni ochiq aytgandi. Ha, "Manchester Yunayted" Ronalduning hech bir gapini inkor eta olmadi. Shu sababli uni klubdan ketishga majbur qildi...

O‘sha voqeadan keyin fikr bildirar ekan, Jeymi Karrager shunday deydi: "Bu baribir sodir bo‘lishi kerak edi. Shunday bo‘lishi aniq edi. Men bekorga bundan 18 oy oldin "MYU" Ronalduni klubga qaytarib, xato qildi demagan edim. Jamoa Ronaldusiz yaxshi harakat qilayotgandi. Keyin esa uning intervyusi chiqdi va hammayoqni portlatdi. Ronaldu "MYU"da bo‘lganida, asosan uning nomi yangrardi. Ha, u o‘tgan mavsumda ko‘plab gollar urishga erishdi. Ammo bu yili unday emas. U hammani e’tiborini o‘ziga tortishga yana harakat qildi va bunga erishdi. Aynan shu tufayli ushbu intervyu tayyorlangan. Ha, ha, aynan maxsus tayyorlangan".

Ronaldu Jahon chempionati o‘tishi bilan Saudiya Arabistoniga yo‘l oldi. U "An-Nasr"dan kelgan yurik taklifni qabul qilgandi. Bu paytda esa uning sobiq jamoasi kuchaya boshladi. Xususan, Markus Reshford 15 ta o‘yinda 13 ta gol urdi. Alexandro Garnacho esa muxlislar ko‘z o‘ngida yulduzga aylandi. Xullas, hammasi mankunianliklar uchun yaxshi kechmoqda. Quyida esa biz Ronaldu "MYU"ni tark etganidan beri APLdagi jadval qanday o‘zgarganini namoyish etmoqchimiz.

Eslatma: barcha klublar 8 tadan o‘yin o‘tkazgan.

1. "Manchester Yunayted – 23 ochko (TN: +11)
2. "Brentford" – 18 ochko (TN: +10)
3. "Arsenal" – 17 ochko (TN: +8)
4. "Manchester Siti" – 16 ochko (TN: +7)
5. "Fulxem" – 16 ochoo (TN: +5)
6. "Brayton" – 14 ochko (TN: +6)
7. "Nyukasl" – 14 ochko (TN: +5)
8. "Nottingem" – 14 ochko (TN: 0)
9. "Vulvz" – 13 ochko (TN: 0)
10. "Aston Villa" – 13 ochko (TN: -1)
11. "Tottenxem" – 13 ochko (TN: -2)
12. "Lester" – 10 ochko (TN: 0)
13. "Chelsi" – 10 ochko (TN: -1)
14. "Liverpul" – 10 ochko (TN: -3)
15. "Vest Xem" – 6 ochko (TN: -5)
16. "Kristal Pelas" – 6 ochko (TN: -8)
17. "Bornmut" – 5 ochko (TN: -7)
18. "Lids" – 4 ochko (TN: -7)
19. "Everton" – 4 ochko (TN: -9)
20. "Sautgempton" – 3 ochko (TN: -10)

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 21:11, 13.02.2023.
O'qildi: 6485 marta.
Fikrlar: 33 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик