Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Yuzsiz» hujumchi»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Yuzsiz» hujumchi»

Baho:
+ | -

Viktor Osimxen nihoyat oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi va A seriyada o‘zining ketma-ket oltinchi o‘yinida gol urdi. “Napoli”ning bunday seriyali so‘nggi futbolchisi o‘sha mavsumni 36 gol bilan yakunlagan Gonsalo Iguain bo‘lgan. Osimxen hozir 17 ta gol urdi, Pipitadan o‘tish qiyin bo‘ladi. Biroq  “Napoli”ga orziqib kutilgan skudettoni Viktor olib berishga yaqin, Iguain emas.
 
Osimxenning hikoyasi og‘ir. Afrikalik yulduzlar kabi. Juda kambag‘al oiladan, qop-qora bolalik... Nigeriyalikning eng yaxshilardan biri bo‘lish yo‘li juda ko‘p qiyinchiliklarni engib o‘tishdan iborat.
 
2018 yilning yozida Osimxen ta’tilini Nigeriyada o‘tkazdi va bezgak bilan kasal bo‘lib qoldi. "Volfsburg" uni rad etdi, "Bryugge" va "Zulte-Varegem" tibbiy ko‘rikdan so‘ng uni qabul qilishmadi. Shuningdek, tizza va orqa jarohatlar, 2021 yilning kuzida yonoq suyagining dahshatli sinishi... "Napoli"dagi dastlabki ikki mavsumida Osimxen  Seriyadagi o‘yinlarning atigi 51 foizida maydonga tushishi…
 
 "Yuz jarohati - o‘limga yaqin tajriba, -deydi Viktor. - Ko‘p suyaklar singan, niqob ostida 18 ta tikuv bor. Men uxlay olmadim, og‘riqsiz ovqatlana olmadim. Lekin men kuchliman. Men faqat qanday qilib maydonga qaytish haqida o‘ylardim».

Lagosdagi Olusosun poligoniga har kuni uch mingdan o‘n ming tonnagacha maishiy chiqindi kelib tushadi. Yigirma yil oldin shahar tashqarisida edi, ammo o‘sha paytdan beri Lagos aholisi uch baravar ko‘paydi, chegaralar kengaydi va axlatxona shahar markazida joylashgan. Turar-joy binolari axlat tog‘lari orasida joylashgan. Minglab odamlar omad tilab, chiqindini qazishadi.
 
 “Do‘stlarim bilan axlatxonadan krujkalar qidirayotgan edik, - deydi Viktor Osimxen. - Chapdagi Nike, o‘ngdagi Adidas, ba’zida juftlikni yig‘ish mumkin edi. Men juda kambag‘al mahallada yashardim va bizning oila qo‘shnilar orasida eng kambag‘ali edi."
 
Osimxenning onasi  olti yoshida vafot etgan. Otasi o‘sha payt milisiyadagi ishidan bo‘shatilgan, hamma pul topishi kerak edi, ayniqsa Viktor. Axir, u yetti farzandning eng kichigi…
 
 “Yo‘l o‘rtasida suv sotib, mashinalar ortidan yugurib, yo‘lda pul ishlardik. Yoki axlatxonada sotardik. Biz juda kambag‘al ekanligimizni hamma bilardi. Bir kuni boshqa jamoadan bir bola o‘yin paytida mening uyda pulim yo‘qligini va dadam onasidan ovqat so‘rashini aytdi. Men yig‘lab yubordim, - deb eslaydi Osimxen. - Men tez-tez yig‘lardim. Ijarachi otamning oldiga qanday qilib pul so‘rab kelganini, g‘azablanganini eslayman va bir burchakka yashirinib, Xudodan bizga yordam berishini so‘rardim”.
 
Hozir Osimxen "Napoli"da eng yuqori maoshga ega. Chunki har yili hujumchi gol borasida o‘smoqda:
 
 2020/21 30 o‘yin, 10 gol
 2021/22 32 o‘yin, 18 gol
 2022/23 Hozircha 17 gol…
 
 “Yaqinlarimning ahvoli hozir yaxshi. Bu eng muhim narsa. Ular xohlagan narsani sotib olishlari mumkin. Men ularga munosib hayotni berdim”, - deydi hujumchi.

Osimxen, Xvicha, va ularga monand “Napoli” yo‘li haqida ikki-uch soatdan so‘ng video joylayman. Hozircha afrikalik hujumchidan motivasiya olib turing.

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 23:04, 13.02.2023.
O'qildi: 3359 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.