Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

"Arsenal"ga VAR va hakamlik chempionlik kurashida qay darajada ziyon yetkazmoqda?

"Arsenal"ga VAR va hakamlik chempionlik kurashida qay darajada ziyon yetkazmoqda?

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi bu mavsumda chempionlikka eng asosiy da’vogarga aylangandi. Ammo bu yo‘lda katta mashaqqat mavjud. Xususan, klu mavsumning har bir ochko yo‘qotilgan bahslarida hakamlik sababli aziyat chekdi. To‘pchilarga so‘nggi yetkazilgan zarar "Brentford" bilan yuz berdi. "Arilar" tomonidan kiritilgan golda o‘yindan tashqari holat bor edi. Bu voqeadan keyin Angliya hakamlar ittifoqi raisi Xovard Uebb "Arsenal" bilan bog‘lanib, VAR'dagilar xato qilganini ta’kidladi va Li Meyson yo‘l qo‘ygan xato uchun jamoadan kechirib so‘radi.
Shuni ham aytish kerakki, Mikel Arteta jamoasi bu mavsum davomida birinchi marta noto‘g‘ri hakamlikdan aziyat chekayotgani yo‘q. Agarda hakamlik to‘g‘ri amalga oshirilganida, hozirda "Arsenal" uch ochkodan ko‘proq farq bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lardi. Quyida to‘pchilar ochko yo‘qotgan boshqa o‘yinlardagi hakamlar yo‘l qo‘ygan xatolarga to‘xtalib o‘tamiz.

"Arsenal" va "Everton (0-1)

"Arsenal" oldingi turda "Everton" maydonida o‘zining mavsumdagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Jeyms Tarkovski bosh bilan hisobni ochgach, to‘pchilar hujumga zo‘r berdi. Shunday harakatlarning birida "Arsenal" himoyachisi Gabriel raqib jarima maydoni ichida Nil Mope tomonidan ushlab qolinadi. Hakam ushbu vaziyatda qarama-qarshi tomonga jarima belgilaydi. Holatni VAR ko‘radi, ammo ular ham hech narsa yo‘qligini bildirishadi. Sobiq APL hakami Piter Uolton vaziyatni tahlil qilar ekan, BT Sport kanaliga, o‘shanda penalti berilishi kerak ekanini bildirdi. Natijada, "Arsenal" bir ochkosiz qoldi.


"Arsenal" va "Nyukasl" (0-0)

Bu o‘yinda ham Gabriel katta sahnaga chiqadi. 4 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan bahsda himoyachi Den Bern tomonidan yiqitiladi. Ammo hakam va VAR penalti borligini inkor qilishadi. Vaziyat borasida Sky Sports'ning anonim muxbiri fikr bildirib, Mikel Arteta jamoasi penalti olishga loyiq bo‘lganini aytgandi.

"Arsenal" va "Sautgempton" (1-1)

To‘pchilar "Avliyolar" bilan durang qayd etgandi. Ammo Gabriel Jezus bilan bo‘lgan vaziyatda penalti berilganida, hisob 2-0 bo‘lgan bo‘lardi. Braziliyalik hujumchi raqib himoyachisi Chaleta-Sar tomonidan ushlab qolinadi. Ammo bahs hakami Robert Jons bu yerda yetarlicha kontakt bo‘lmaganini bildiradi. Biroq, ayni turdagi "qoidabuzarlik" uchun "Chelsi" hujumchisi Armando Broya "MYU"ga qarshi bahsda penalti bilan mukofotlangan. Sobiq hakam Mark Xelsi fikriga ko‘ra, "Arsenal"ga penalti bermay, hakam jamoaning ikki ochko yo‘qotishiga sabab bo‘lgan.

"Arsenal" va "MYU" (1-3)

"Manchester Yunayted" sentyabr oyida "Arsenal"ning mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga sabab bo‘ladi. Ammo o‘sha o‘yindagi Gabriel Martinellining goli hisobga olinganida, natija butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi. VAR goldan muammo topa olmaydi. Ammo hujumning rivojlanish fazasida Martin Edegor Kristian Eriksendan to‘pni olib qo‘yishda qoida buzgan bo‘lib chiqadi. Alsida u yerda minimal kontakt yuz bergan va qoida buzarlik deb topishga arzimasdi. Ushbu vaziyatni keyinchalik APL xato ekanini tan olgan.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:22, 14.02.2023.
O'qildi: 1741 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.