Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

«Do‘stlik Toshkent» Birinchi ligadagi ishtirokini davom ettiradi

«Do‘stlik Toshkent» Birinchi ligadagi ishtirokini davom ettiradi

Baho:
+ | -

«Do‘stlik Toshkent» jamoasi 2022 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Birinchi liga musobaqa jadvalida 7-pog‘onani band etgan edi.  

2020 yilda tashkil etilgan, professional klubga aylanish maqsadida sekin-asta shakllanayotgan jamoa o‘z moliyalashtirish manbaasi, bosh homiy bilan tuzilgan shartnomasi, shuningdek, jamoa stadioni, o‘quv-mashg‘ulot qarorgohi bo‘yicha hujjatlarni Ligaga taqdim etdi hamda Birinchi liganing 2023 yilgi mavsumida ham ishtirok etadigan bo‘ldi.

«Do‘stlik Toshkent» Birinchi liga jamoalari orasida tarixda birinchi bo‘lib OFK lisenziyalash jarayonida ishtirok etishni rejalashtirgan. Shu yo‘l bilan u Pro liga sari qadam tashlashga harakat qiladi. Poytaxtning Jar-ariq mavzesida jamoa bazasi joylashgan bo‘lib, bitta katta va bitta kichik zamonaviy stadionda uning bolalar va o‘smirlar jamoalari mashg‘ulot o‘tkazadi. «Do‘stlik Toshkent»ning talab etilgan 6 yosh toifasi bo‘yicha jamoalari Toshkent shahar futbol assosiasiyasi musobaqalarida ishtirok etadi. Shuningdek uning U18 jamoasi assosiasiyaning alohida musobaqasida, birinchilikdan tashqari yana bir jamoasi esa Ikkinchi liga musobaqasida to‘p suradi.     

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bolalar futboliga jiddiy e’tibor qaratayotgan tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlab keladi. Liga «Do‘stlik Toshkent» misolida Birinchi liga klublarini ham lisenziyalashga jalb etishni orqali Yaponiya singari uchta divizion vakillarini jarayonga qo‘shgan Osiyoning ikkinchi mamlakatiga aylanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, «Do‘stlik Toshkent» jamoasi «International Logistic Service» MCHJ tomonidan moliyalashtiriladi. Ayni vaqtda Jo‘rabek Nig‘matov klub direktori sifatida faoliyat olib bormoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:40, 14.02.2023.
O'qildi: 1678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик