Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Andijon»ning bugungi 2ta raqiblari haqida

«Andijon»ning bugungi 2ta raqiblari haqida

Baho:
+ | -

“Andijon” 15 fevralda Antaliyadagi yig‘ini doirasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvlarini o‘tkazadi. Bu safar ham jamoa oldingidek bir kunda ikkita o‘yinda maydonga tushadi.

Dastlab Rossiya birinchi divizion qatnashchisi Moskvaning “Rodina” klubi sparring-raqib vazifasini bajarsa, kunning ikkinchi yarmida Moldavaning “Petrokub” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Raqiblar haqida tanishtirib o‘tamiz.

Dastlab “Rodina”ga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu klub Rossiya birinchi divizionida 12-o‘rinni egallab turibdi. E’tiborlisi, “Rodina” va “Rodina-2” jamoalari birgalikda Turkiyaga kelishgan.

6 fevraldan Antaliyadagi yig‘inini boshlagan “Rodina” shu paytgacha uchta nazorat o‘yinida qatnashdi. Dastlab 9 fevral kunining birinchi yarmida “Rodina-2” “Boras” jamoasi bilan 1:1 o‘ynadi. Tushlikdan so‘ng “Rodina”ning asosiy jamoasi “Chayka”ga qarshi maydonga tushdi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ertasiga, 10 fevralda “Rodina” yana o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bu safar “Bunyodkor” raqib bo‘ldi va unda rossiyaliklar yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.

“Rodina” klubini muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Dmitriy Parfyonov boshqaryapti. 48 yoshli mutaxassis o‘tgan yilning yozidan ushbu klubda bosh murabbiy sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Undan oldin “Arsenal” Tula, “Ural”, “Tosno”, “Tekstilshik” va Rossiya U-18 terma jamoasida faoliyat olib borgan. Zukko ishqibozlar uni ayniqsa “Spartak”dagi o‘yinlari orqali yaxshi eslab qolishgan.

Umuman olganda, “Rodina” klubining murabbiylar shtabi sobiq futbol yulduzlari bilan jamlangan desak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Masalan, Parfyonovni yordamchilaridan biri Yuriy Kovtun bo‘lib, uni ham ishqibozlar “Spartak” va Rossiya terma jamoasidagi o‘yinlari orqali yaxshi bilishadi. Bu ikki tandem futbolchi sifatida “qizil-oqlar” safida to‘p surishgan hamda murabbiylikda ham birga ishlab kelishmoqda.

Bundan tashqari, rossiyalik yana bir sobiq futbol yulduzi Vladimir Beschastnix ham “Rodina” da mehnat qilyapti. U klubda hujumchilar bilan ishlaydigan maxsus murabbiy sifatida qayd etilgan. Chunki Beschastnix futbolchilik faoliyatida taniqli hujumchilardan biri bo‘lgandi. Xullas, “Rodina”ni siz yaxshi bilgan rossiyalik sobiq yulduzlar boshqarib bormoqdalar.

“Andijon”ning oxirgi raqibi Moldovaning “Petrokub” jamoasidir. Mamlakat Superligasida ayni paytda musobaqa jadvalida “Sherif”dan so‘ng 2-o‘rinni egallab turibdi. 2019 yilda Moldova Kubogini qo‘lga kiritgan. Yevropa Ligasi saralash bahslari qatnashchisi. Superligada 2015 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda.

Ushbu klubga 56 yoshli Ivan Tabanov bosh murabbiylik qilyapti. Uning murabbiylar shtabida muxlislarimizga tanish bo‘lgan Denis Romanenko faoliyat olib bormoqda. Yodingizda bo‘lsa, u o‘z vaqtida yurtimizda “Dinamo” va “Navbahor” darvozalarini qo‘riqlagan. Ayniqsa, namanganliklar safidagi faoliyati orqali ko‘pchilikka tanilgandi. Hozirda Romanenko “Petrokub”da darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda. Orada Moldova terma jamoasining darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ham faoliyat ko‘rsatgan.

Darvoqe, “Petrokub” tarkibida Ruminiya, Rossiya, Ukrina va Irlandiyadan kelgan legionerlar bor.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Rodina” bellashuvi Turkiya vaqti bilan 11:00 (Toshkent vaqti bialan 13:00) da boshlansa, “Petrokub”ga qarshi uchrashuv mahalliy vaqt bilan 17:00 (Toshkent vaqtiga 19:00) ga belgilangan.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:00, 15.02.2023.
O'qildi: 1277 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.