Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Super to‘qnashuv. Mikel Arteta o‘z ustozini so‘nggi uch yilda ilk marta mag‘lub etishi mumkin: "Arsenal" - "Manchester Siti"

Super to‘qnashuv. Mikel Arteta o‘z ustozini so‘nggi uch yilda ilk marta mag‘lub etishi mumkin: "Arsenal" - "Manchester Siti"

Baho:
+ | -

Muxlislar "Arsenal" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi bahsni uzoq vaqtdan beri kutishayotgan edi. Negaki, bu to‘qnashuv mavsumda kim chempion bo‘lishini belgilab berishi mumkin. Mavsum avvalida favorit sifatida e’tirof etilgan "Manchester Siti", mana yigirma turdirki, "Arsenal"ga yeta olmayapti. Albatta, Mikel Arteta jamoasi bu mavsumda kutilmaganda yuqori darajaga yetdi. Ammo oxirgi turlarda "Arsenal"ning chempionlik maqsadi xavf ostida qoldi. Xususan, londonliklar "Everton"ga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi. O‘tgan turda esa VAR'ning xatosi sababli tayyor g‘alaba qo‘ldan chiqib ketdi. Oqibatda, Mikel Arteta shogirdlari "shaharliklar" bilan to‘qnashuvga bor-yo‘g‘i 3 ochkolik farq bilan yetib keldi.

Bugungi o‘yinda "Arsenal"ning asosiy hujumchisi bo‘lgan Gabriel Jezus yo‘q. Shu sababli uning o‘rniga har doimgidek Eddi Nketia maydonda harakat qiladi. 23 yoshli hujumchidan bugun ham "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yindagi kabi harakatlar talab etiladi. Boshqa tomonda esa "Manchester Siti" Erling Xolanddan ayrilib qolishdan qo‘rqmoqda. Norvegiya terma jamoasi a’zosi "Aston Villa" bilan bahsda jarohat olib, maydonni tark etgan. Uning o‘rnini Jahon chempioni bo‘lgan Xulian Alvares egallaydi. Biroq, hujumda kim bo‘lishidan qat’iy nazar, "shaharliklar" yarim himoyasida De Bryuyne turishi kerak. Aynan u jamoaning hujumlarini tashkil etishda muhim figura sanaladi. Raqib futbolchilari bo‘lgan Tomas Parti va Granit Jaka belgiyalikni bo‘g‘ishga harakat qiladi. "Arsenal"da esa Kevin rolini Martin Edegor bajarib beradi.

Pep Gvardiola o‘z jamoasini "Tottenxem" bilan bahslardan keyin tanqid ostiga olgandi. Shundan keyin "Manchester Siti" yana o‘ziga keldi. Ammo jamoaga moliyaviy jinoyatlar bilan bog‘liq ayb tirkalmoqda. Ushbu omil klub futbolchilariga ta’sir etishi mumkin. Shuningdek, Gvardiolaning sobiq yordamchisi Mikel Arteta bugungi raqibning qanday holatda ekanidan yaxshi xabardor. Zero, yaralangan maxluq, baribir maxluq va istalgan paytda hujum qilishi mumkin.

Muammolar

"Arsenal" hali ham to‘qqizinchi raqamli futbolchisi bo‘lgan Gabriel Jezusni safga qaytara olgani yo‘q. Qolaversa, yarim himoyachi Muhammad Elneni ham safdan chiqqaniga ancha bo‘ldi. Klub tarbiyalanuvchilari bo‘lgan Emil Smit-Rou va Reiss Nelsonlar ham ma’lum jarohatlar bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Pep Gvardiola jamoasi himoyasida Jon Stounz safda bo‘lmaydi. U 25 fevraldan keyingina qaytishi kutilmoqda. Shuningdek, 25 ta gol urishga ulgurgan Erling Xolandning ahvoli ham qayta ko‘rib chiqilishi kerak. U maydonga tushmasligi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan bugun tunda, 00:30da start oladi. O‘yin 12 turning qoldirilgan uchrashuvi hisoblanadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:00, 15.02.2023.
O'qildi: 4335 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.