Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Fatiga juda katta narx belgilandi

Fatiga juda katta narx belgilandi

Baho:
+ | -

Hujumchi Ansu Fati yozgi transfer oynasida “Barselona”ni tark etishi mumkin. CaughtOffside xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" moliyaviy qiyinchiliklar tufayli futbolchi bilan xayrlashishi mumkin. Yozda klub ish haqini kamaytirishi yoki kattaroq daromadga erishishi kerak.

"Barselona" rahbariyati Fati sotuvidan katta miqdorda daromad olishni rejalashtirmoqda. 20 yoshli hujumchining transferi potensial xaridorga 100 million yevroga tushishi kutilmoqda. Unga "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ansu joriy mavsumda “Barselona” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 20:46, 15.02.2023.
O'qildi: 1989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик