Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

"Bavariya"ga qarshi mag‘lubiyatning ertasi kuni Neymar poker turnirida qatnashdi

"Bavariya"ga qarshi mag‘lubiyatning ertasi kuni Neymar poker turnirida qatnashdi

Baho:
+ | -

Neymar "Bavariya"dan uchralgan mag‘lubiyatning (0:1) ertasiga poker turnirida ishtirok etdi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, "PSJ" hujumchisi Parijda bo‘lib o‘tgan European Poker Tour turnirida ishtirok etgan. Chorshanba kuni braziliyalik Parijdagi Hyatt Concorde mehmonxonasida bo‘lib o‘tayotgan turnirda poker stolida ko‘rindi.

Turnirda qatnashish uchun 10 ming yevro to‘lash kerak edi. Qayd etilishicha, Neymar mag‘lubiyatdan so‘ng tezda asosiy turnirni tark etgan bo‘lsa-da, turnirning ikkinchi kunida saralashdan chiqishni uddaladi.

Neymar keyingi bosqichga yo‘l olgan 45 nafar ishtirokchi orasida edi. Turnirda jami 71 kishi ishtirok etdi.

Poker turniri boshlanishiga bir kun qolganida “PSJ” Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida “Bavariya”ga (0:1) imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 13:54, 16.02.2023.
O'qildi: 4457 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик